We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more.

Ru   En

Search this site
Home page
Panorama
Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge
26.10.2017 / 16:02:05

Qanday qilib mobil aloqada tejash mumkin? "Beeline"dan o'nta maslahat


Qanday qilib mobil aloqada tejash mumkin? “Beeline”dan o‘nta maslahat

“Mobil aloqa uchun” harajatlar bo‘limi sizning byudjetingizda ko‘p yilar davomida “yashab” kelmoqdami? Har oy uyali aloqa uchun qancha mablag‘ sarflaysiz? Ushbu summadan mobil Internet uchun-chi? Qo‘ngiroqlar uchun? Hayron qoldirdimi?!

Aslida bu biz uchun foydali emas, ammo abonentlarimizning foydasi biz uchun muhimroq.

Ha, to‘g‘ri tushundingiz, “Beeline” harajatlarni tejash uchun o‘nta maslahatni hadya qiladi (minnatdorchilik bildirish shart emas :)).

 1.       Smartfoningizdagiavtomatikzaxiralashgayoqdeng

Mamlakatimizda ommabop bo‘lgan va barcha yaxshi ko‘radigan Telegram messenjeri.  Har kuni biz yozma muloqot davomida minglab megabaytli axborot bilan almashamiz. Mushukchalarning rasmlari to‘plami, yoki kulguli stikerlar sizga jo‘natilganda ular avtomatik tarzda telefoningizga yuklanadi. Va qadrli megabaytlaringiz havoga sarflanadi. Bunday hodisa sodir bo‘lmasligi uchun smartfoningiz sozlamalarida rasmlar, video va ovozli xabarlarni avtomatik yuklab olish funksiyasini o‘chirib qo‘ying. Shuningdek Facebook tarmog‘ida videolarni avtomatik tarzda yoqilishini o‘chiring. Chunku ushbu videolarni ko‘rmasangiz ham, ijtimoiy tarmoq avtomatik tarzda lentadagi barcha videolarni yuklashni boshlaydi. Xoziroq sozlamalarga kiring va maqsadsiz sarflanadigan trafikga “yo‘q!” deng. 

 2.       Mobil Internet uchun cheklov o‘rnating

Keling, hisoblab ko‘raylik. Eng muhim narsalar uchun siz qancha trafik sarflaysiz? Ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni doimiy ravishda aylantirish – agar siz SMM sohasida islamasangiz, unchalik ham foydali ish emas.

Hisoblashga erinsangiz, telefon sozlamalarida sarflangan trafik statistikani ko‘rish mumkin va undan ijtimoiy tarmoqlarda maqsadsiz vaqt o‘tkazishga sarflangan trafikni olib tashlash mumkin.

Hisobladingizmi? Endi qat’iy cheklov o‘rnating. Buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin.

 

Trafikni keraklidan ko‘p sarflaganda sizni urushadigan ogohlantiradigan ilova o‘rnatish. Kunlik sarflanadigan trafik miqdorini o‘rnating va kun so‘ngida qoldiqni tekshiring. Shunda siz muhim tadbir arafasida internetsiz qolishga tayyor bo‘lasiz, Yoki, yana trafik harid qilib olasiz.

 

Ikkinchi uslub – trafik sarflashni cheklash. Android tizimidagi smartfonlar uchun sozlamalarda ushbu funksiyani yoqish mumkin. iOS uchun bunday funksiya yo’q, shuning uchun Traffic Monitor nomli bepul ilovadan foydalanish mumkin.  

 3.       Chiqish qo‘ng‘iroqlarini kuzating

Telefon o‘zi sizning barcha chiqish qo‘ng‘iroqlaringiz miqdorini hisoblaydi. Telefon orqali ko‘p suhbatlashsangiz to‘plamli tariflarni tanlash juda qulaydir. “Beeline” abonentlari uchun Status tarif rejalari - Silver, Gold va Platinum mavjud.

 

Agar siz ancha paytdan beri tariff rejangizni o‘zgartirmagan bo‘lsangiz, mobil operatorlarning eng yangi tarif va xizmatlarini o‘rganib chiqing. Qaysidir tarif rejasida qo‘ng‘iroqlar uchun narxlar arzonroq bo‘lishi mumkin. Operatorlar qulay va arzon aksiya va bonuslarni taqdim etishadi. Agar megabaylaringiz ko‘p qolib, daqiqalaringiz sarflanib bo‘lgan bo‘lsa, messenjerlar orqali qo‘ng‘iroq qilib ko‘ring.

 4.       Ijtimoiytarmoqlarlentasinimaqsadsizaylantiraverishnioldiniolishuchunmaxsusilovalardanbiriniornating

USENET 2017 konferensiyasida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekistonda 15 milliondan ziyod aholi Internetdan foydalanadi, va messenjer va ijtimoiy tarmoqlarning kun sayin o‘sib borayotgan ommabopligini hisobga olgan holda foydalanuvchilar vaqtlarining asosiy qismini o‘sha yerda o‘tkazadilar.

 

Facebook va Instagram lentasini doimiy ravishda yangilash juda ham foydali ish emas. Rostini aytganda trafik sarflanishining asosiy qismi aynan ijtimoiy tarmoqlarga keladi.  Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan tobelikni oldini olish uchun maxsus ilovalardan foydalanish mumkin, masalan Moment. Uning yordamida u yoki bu ilovaga kun davomida necha marotaba kirganingizni, do‘stlaringiz bilan suhbatlashganingizni xabarlarga javob berganingizni va qo‘lingizga telefonni necha marotaba olganingizni hisoblaydi. Ilovada telefondan foydalanish uchun kunlik cheklov o‘rnatish mumkin. Cheklovdan tashqari foydalanganda, telefoningizda qat’iy ogohlantirish paydo bo‘ladi. Android foydalanuvchilari uchun esa yanada osonroq variant mavjud— Menthal, uning yordamida sizni eng chalg‘ituvchi ilovalarni bilish mumkin.

 5.       Operatordan qo‘shimcha bonus va megabaytlarga ega bo‘ling

O‘zbekiston mobil operatorlari ko‘pincha bonusli trafik hadya qilishadi. Kam hollarda esa – cheklovli daqiqa va SMS. Bonuslar haqida kompaniyalarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida va  и Telegram-kanallarda bilish mumkin.

 

“Beeline” abonentlari Beepul ilovasi orqali onlayn-to‘lovlar uchun yanada ko‘p bonuslarga ega bo‘ladilar. Ilova  Click, PayMe, UzCard va boshqa to‘lov tizimlari kabi ishlaydi, uning avzalliklaridan biri esa foydalanivchilarga ilovadan foydalanganda bonusli BEEP‘lar taqdim etiladi, ularni kompaniya xizmatlariga almashtirish mumkin. 1000 so‘m evaziga 1 BEEP taqdim etiladi va ularni daqiqa, SMS va trafikga almashtirish mumkin.   

 6.       Sayohatdaroumingniboshqaring

 

Agar siz ko‘p sayohat qilsangiz va xizmat safarlarida bo‘lsangiz, safar chog‘ida rouming harajatlarini avvaldan rejalashtiring.Ko‘p holda keraksiz yangi SIM-kartalar sotib olishdan ko‘ra roumingdan foydalanish arzonroqdir.  

Roumingdagi narxlar bilan diqqat bilan tanishib chiqing, va sizga ular maqul bo‘lsa, chet elda o‘zingizning raqamingizdan bemalol foydalaning. Agar siz chegaraga yaqin joyga borsangiz, lekin boshqa davlat chegarasiga chiqish niyatingiz bo‘masa, rouming narxlarida qo‘ng‘iroqlaringiz hisoblanmasligi uchun CAMEL-rouming xizmatini ushbu kod orqali o‘chirib qo‘ying *110*091#.

 7.       Ozhisobingiznitekshiring

Mobil operatordan qo‘ng‘iroqlar detalizatsiyasini so‘rang, daqiqalarni pulga almashtiring. Tariflar shartlari bilan batafsil tarnishing. Trafik harajati haqidagi hisobotni diqqat bilan ko‘rib chiqing. Tizim hatoligi tufayli balansingizdan noto‘g‘ri mablag‘ yoki megabaytlar yechilgan bo‘lsa, albatta call-markaziga murojaat qiling.

“Beeline” abonentlari buning uchun 0611 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari, yoki 0611@beeline.uz manziliga maktub yo‘llashlari mumkin. Shuningdek Facebook, Instagram, Odnoklassniki, Twitter ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalar orqali murojaat etishlari mumkin. Telegram orqali +998901850055 raqamiga yozib yuborish ham mumkin. .

Qo‘ng‘iroq qilishni istamaysizmi? U holda biz o‘zimiz Sizga qo‘ng‘iroq qilamiz, Buning uchun 0621 raqamiga “menga qo‘ng‘iroq qiling” degan so‘rov qoldirishingiz kifoya.

 8.       Foydalanilmaydigan barcha ilovalaringizni o‘chirib tashlang

Telefoningizda siz faqat har kuni foydalanadigan ilovalarni qoldiring. Ko‘p hollarda fonli tizimda ancha vaqt avval yuklab olingan ilovalar yangilanadi. Telefon xotirasini tozalang va trafikni tejang.

 9.       Koproqmablagsarfqilibtejamkorboling

“Men arzon narsalarni sotib olish uchun juda ham boy emasman” degan mashhur jumla barchamizga tanish. Eng arzon narxlar eng qimmat tariflarda bo‘lishini biling. Internet uchun ko‘p mablag‘ sarflamaslik uchun – eng yirik paketlardan birini harid qiling.  

Misol uchun, “Beeline”ning 60 000 Megabaytlik eng yirik internet paketi 252 600 so‘m turadi. Eng kichik 60 Mb paket esa – 7 157 сум. Keling hisoblab ko‘ramiz. Eng arzon paketda 1 Mb internet narxi – 119,2 so‘mga teng, eng qimmat to‘plamdagi 1 Mb narxi esa 4,21 so‘mga teng. Agarda siz baribir ko‘p Internet sarflasangiz shuni ham e’tiborga oling.

 10.     Haqiqiymuloqothaqidaunutmang

Sizning yaqinlaringiz messenjer orqali yuborilgan belgilardan ko‘ra, siz ular bilan o‘tkazgan shinam kuz oqshomini ko‘proq yoqtirsalar kerak, nima deb o‘ylaysiz?

Yashang! J

P.S. Hayotning yorqin tarafida! © Beeline





Other materials for the

24.10.2017 / 15:02:56

"Beeline" Janubi-Sharqiy Osiyoda rouming geografiyasini kengaytirmoqda

"Beeline" CAMEL-roumingning navbatdagi kengayishi haqida xabar beradi. "Metfone" (Kombodja) kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi. More...

23.10.2017 / 17:46:02

"Beeline Uzbekistan" AppStore va Play Market bepul biznes-ilovalari orasida yetakchilik qilmoqda

"Beeline" iOS va Android bepul mobil biznes-ilovalar reytingida bosh pog'onani egalladi. Play Market va AppStore ilovalari orasidagi o'z toifasida o'n minglab yuklab olishlar "Beeline Uzbekistan"ni rahnamoga aylantirdi. More...

19.10.2017 / 09:40:04

"Beeline" Farg'onada tarmoq qoplamini kengaytirmoqda

"Beeline" Farg'ona viloyati hududida 3G tarmog'i hajmi va qoplami kengaygani haqida xabar beradi. More...

17.10.2017 / 14:35:41

"Beeline" Farg'onada tarmoqni kengaytirdi

"Beeline" Farg'ona viloyati hududidagi 3G tarmog'i qoplamining doirasi va sig'imning kengaygani haqida xabar beradi. More...

16.10.2017 / 14:24:55

"Beeline" korporativ mijozlarga yarim soatgacha bepul xalqaro muloqotni taqdim etmoqda

"Beeline Business" "Business" tarif rejalari to'plami yangilangani haqida xabar beradi. Endi korporativ mijozlarga har oy "Beeline Rossiya"ga qo'ng'iroqlarni amalga oshirish uchun xalqaro daqiqalar taqdim etiladi. More...





18.12.2013 / 11:38:22
Выставка искусства каллиграфии "Татарский шамаиль 19-20 веков "Слово и образ"
 
10.12.2013 / 09:26:21
Opening days. Applauded the artist Svetlana Shin, remembered the miniature painter Sadriddin Pochchayev.
 


22.06.2015 / 00:19:23
Гостевой дом в Бухаре
  /
 


01.04.2014 / 13:58:28
В Национальной библиотеке состоялся литературный вечер к 85-летию Озода Шарафиддинова
 
02.12.2013 / 09:02:21
Mikhail Bulgakov. Riddles and surprises "the MASTER AND MARGARITA" - experience of independent investigation. Part I
 


02.10.2014 / 10:49:02
"Презентация МГОГИ состоялась в РЦНК"
  /
 

 
 





Home page Panorama Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge

© 2011 — 2017 Kultura.uz.
UzAPI Certificate number 0632 of June 22, 2010
maintained by: Tashkent House of Photography Academy of Arts of Uzbekistan and «Kinoprom»
Mail: info@kultura.uz
   

About us   Feedback   Directory of resources

Advertising