We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more.

Ru   En

Search this site
Home page
Panorama
Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge
19.12.2017 / 11:07:00

Dilafruz Jiyranova: IT va digital "erkak kishiga mos" soha degan tushunchani o'zgartirish kerak


Mana ikki yildan beri “Technovation” loyihasidagi Saida Yusupova va Yelena Seleznyova IT sohasi qizlar uchun emas degan stereotipdan voz kechish uchun ish olib bormoqdalar. Raqamli bozordagi IT sohasidagi mutaxassislar orasida kompyuter va AKT ichida o‘zini suvdagi baliq kabi his eta oladigan yosh, shijjatli va go‘zal qizlar ham bo‘lishi kerak deb o‘ylashadi loyihaning tashkilotchilari va ustozlari. Stereotiplarni buzamiz va tendensiyalarni belgilaymiz.

 

Dilafruz Jiyranova, marketolog. “Beeline”ning digital-marketingi bo'yicha katta menejeri startap-tanlovda ustoz (mentor) sifatida ishtirok etmoqda. U bilan trendlar haqida va uning uchun “Technovation” nima ekanligi haqida suhbatlashdik.

 

— Aynan siz uchun “Technovation” bu nima?

 

— Men uchun “Technovation” - IT-sohasidagi kasb ayol kishiga mos kasb emas degan tushunchadan voz kechishda qizlarga yordam berishdir. Nima desangiz ham, bu tushuncha mavjud, u faol va ko‘p yillardan beri o‘zgarmagan. Men ancha paytdan beri ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihani qo‘llab-quvvatlash niyatida edim, “Technovation” paydo bo‘lgani juda ham yaxshi. Bizning jamoamiz meni qo‘llab-quvvatlamoqda, o‘ylaymanki, mutaxassislarimizning bilimlari, tajribalari va ma’lumotlar bazasi haqiqatdan ham innovatsion loyihani ishlab chiqarishda ko‘mak beradi. Soha rivojlanishi biz uchun juda muhim. Va unda faol va kuchli loyihalar paydo bo‘lsa va ularni kreativ qizlar boshqarsa juda ham yaxshi bo‘ladi. Soha yutuqlarga ega bo‘ladi.

 

Bozor yangi darajaga chiqadi va o‘sadi. Bizda ekspertlarning kuchli jamoasi, global tajriba va muvaffaqiyatli yechimlar bor. VEON kompaniyalar guruhi va uning bir qismi bo‘lmish “Beeline” brendi har yili o‘nlab digital-loyilarni ishga tushiradi. Ijodiy jamoani qanday qilib qo‘llab-quvvatlash va bu yo‘lda qanday qiyinchiliklar paydo bo‘lishini juda yaxshi bilamiz. O‘ylaymanki, aynan shuning uchun ham “Technovation” bu tajriba bilan bo‘lishish uchun ajoyib imkoniyat. 

 

— Siz katta kompaniyda ishlaysiz. Technovation esa startaplar uchun. Aslida bu o‘zgacha loyihalar. Kompaniya startaplarni kelajakda qo‘llab-quvvatlaydimi va bu nima uchun kerak?

 

— Bu juda ham umumiy stereotip, va qaysidir ma’noda to‘liq asosli. Yirik kompaniyalar, haqiqatan ham, yondashuvlar, qadriyatlar, start-uplarning o'ziga xosligining ko'p jihatidan bir biriga o‘xshahdir. Lekin bu ularning umuman bir biriga mos kelmasligini anglatmaydi. Ko‘pgina hollarda yirik kompaniyalar yanada yiriklashisidan avval startaplarni “sotib olishadi”. Google, Facebook, Yandex – mazkur kompaniyalarda juda ko‘p startaplar bor: ham yutuqli, ham yutuqsiz. Har qanday yirik kompaniya ushbu turdagi investitsiyalar haqida o'ylaydi, bu global trendga kiradi. Bozor yetakchisi sifatida biz nafaqat o'zimizning biznesimizni rivojlantirishda, balki umumiy biznesni rivojlantirish uchun ekotizimga ega bo'lishdan manfaatdormiz. Ko'proq aytishim mumkin, kelgusida startaplarni faol qo'llab-quvvatlashni rejalashtirganmiz va ushbu yo'nalishda (salom, start-up!) takomillashamiz, bizning mentorligimiz “Technovation”dagi ishtirokimizning dastlabki qadamlardan biri. Ushbu loyihani va startaplarni alohida qo'llab-quvvatlashdan baxtiyormiz. Bundan tashqari, biz innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish bilan shug'ullanadigan mutaxassislarni tayyorlashga sarmoya kiritish muhimligini tushunamiz. Ehtimol, ularni jamoamizning bir qismi sifatida ko‘ramiz va bundan baxtli bo'lamiz!

 

Yoshlarga nimani o‘rgatasiz?

 

— Faqat amaliyotga. Texnik aspektlarni, monetizatsiyani, reklama qilishni hisobga olgan holda, fikrlarni chindan ham ishlaydigan mahsulotga aylantirishga.

 

— "Beeline"ning raqamli mahsulotlaridan foydalanish imkoniyati bo‘ladimi? Qanday qilib "sohada" ishlash kerakligini ko‘rsatasizmi?

 

— “Technovation” guruhi buni istasa, albatta, bo‘ladi. Biz, albatta, biror narsa qilishni, o'zgartirishni, o'rganishni istagan insonlar uchun doimo ochiqmiz. Kompaniyaning raqamli mahsulotlar bilan ishlash bo'yicha muvaffaqiyatli tajribasi bor, hozir biz IT bilan bevosita bog'liq bo'lgan VEON yangi global loyihamiz ustida ishlamoqdamiz. Albatta, biz ular bilan o'rtoqlashamiz, qiziqarli jihatlarni ko'rsatamiz, ofisimizning diqqatga sazovor joylarida ekskursiya o‘tkazamiz. Aytgancha, bizning kompaniyamiz"texnologiyaviy" bo‘lishiga qaramasdan, bizda ko'p faol, muvaffaqiyatli qizlar ishlashadi, ularning ilhomlantiruvchi hikoyalari “Technovation” uchun qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman.

 

— Nima uchun tanlov ichtirokchilari aynan sizni ustoz (mentor) sifatida tanlshlari kerak? Va siz jamoani tanlash chog‘ida nimalarga ahamiyat berasiz?

 

— Raqamli mahsulotlarda ishlaydigan jamoalarga, bu biznes yoki ijtimoiy loyiha bo'lishidan qat'iy nazar, men foydali bo'lishim mumkin. Haqiqatdan ham ishlashga tayyor bo‘lgan qizlarni tanlayman. Ko‘p va samarali ishlashga tayyor qizlarni. Albatta, men bilan bir xil to'lqinda bo'lgan qizlar bilan ishlash men uchun qiziqarli bo'ladi va raqamli rivojlanish, marketing, katta ma'lumotlar, kompyuterni o'rganish kabi so'zlar ular uchun oddiygina urfdagi so‘zlar bo‘lmasligi kerak. Men, albatta, ularga foydam tegadimi, yoki yo'qmi, buni to'g'ri baholashga harakat qilaman. Ehtimol, jamoa dunyoni o'zgartiradigan biror narsa yaratishga qodir bo‘lar. Kim biladi, ehtimol yaqin orada men dunyoga butunlay yangi va kerakli narsalarni taklif etgan “Technovation” jamoasining murabbiyiman deb faxrlanarman?! Mening jamoamda bo'lishni istaysizmi? Technovation.uz saytida ro'yhatdan o'ting!





Other materials for the

15.12.2017 / 11:24:46

"Beeline" Andijonda qo'shimcha tayanch stansiyalarini ishga tushirdi

"Beeline" Andijon viloyati hududida 3G tarmog'ining qoplami kengaygani haqida xabar beradi. More...

15.12.2017 / 10:18:39

"Beeline" Samarqand viloyatida 3G tarmog'ini rivojlantirmoqda

"Beeline" tarmoq rivojlantirish bo'yicha ishlarni davom ettirmoqda. Kompaniyaning texnik xizmati tomonidan Samarqand viloyatidagi tarmoq servislarining sifatli o'sishi ta'minlab berildi. More...

14.12.2017 / 16:56:48

Filmlarni onlayn tamosha qilgan holda trafikni tejash: yangi yil maslahatlari

Mobil aloqada qanday tejash haqida biz avval yozgan edik. Qish - cheksiz haridlar vaqti. Shu paytda qanday qilib Internet uchun bo'lgan harajalatlarni kamaytirish va shu bilan bir qatorda yaqinlar bilan birgalikda shinam uyda sevimli kinofilmlarni tamosha qilish mumkin? Sizlar uchun qiziqarli filmlar to'plami va trafikni tejash uchun bir nechta maslahatlar tayyorladik (faqat "Beeline" aboenntlari uchun!) More...

14.12.2017 / 10:10:59

"Beeline" Namanganda ikkita yangi ofis ochdi

"Beeline" Namanganda eksklyuziv aloqa saloni tarmog'ini rivojlantirishda davom etmoqda. Yangi ofislar Namangan shahrining Sohil bo'yi ko'chasi va Chortoq tumanining Mustaqillik ko'chasi bo'ylab joylashgan. More...

13.12.2017 / 11:37:50

"Finecasa" oshxona idishlari saloni "Beeline Club" kartalari egalariga chegirmalar taqdim etadi

Beeline "Gold" va "Platinum" imtiyoz kartalari egalari "Beeline Club" hamkori – "Finecasa" oshxona idishlari salonidan 10% va 15% mos ravishdagi chegirmalardan foydalana olishlari haqida ma'lum qiladi. More...





22.06.2015 / 00:19:23
Гостевой дом в Бухаре
  /
 

 





Home page Panorama Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge

© 2011 — 2024 Kultura.uz.
UzAPI Certificate number 0632 of June 22, 2010
maintained by: Tashkent House of Photography Academy of Arts of Uzbekistan and «Kinoprom»
Mail: Letter@kultura.uz
   

About us   Feedback   Directory of resources

Advertising