“Beeline” Navoiyda yangi ekslyuziv ofis ishga tushirilgani haqida xabar beradi. Ofis Xalqlar do‘stligi, 49 manzili bo‘yicha joylashgan.
Ofisda SIM-kartalarni sotib olish, foydali tariflarni yoqish, raqamni ulash yoki tiklash, qo'ng'iroqlar detalizatsiyasiga buyurtma berish, yoki xatolik tufayli boshqa raqamga amalga oshirilgan to'lovlarni bekor qilish mumkin. Ofis eshiklari har kuni 09:00dan 18:00gacha ochiq.
Bugungi kunda butun respublika hududi bo‘ylab “Beeline”ning 500dan ziyod ofislari ishlamoqda.