Rossiyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan barcha abonentlar uchun “Beeline O'zbekiston" kompanisiyaning ofislarida muloqot uchun qulay bo‘lgan tarif rejasi yoqilgan “Beeline Rossiya” SIM-kartalari bepul taqdim etiladi.
Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “O'zbekistondan tashqarida sayohat qilayotgan abonentlarimizning asosiy ehtiyojlaridan biri o‘z yaqinlari bilan odatiy hajmda aloqada bo'lishdir va biz bunga katta ahamiyat bergan holda, Rossiya bo‘ylab sayohatlarda muloqot qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib bermoqdamiz. “Beeline Rossiya”dagi hamkasblarimiz bilan olib borilgan birgalikdagi ishlarimiz natijasida bu xizmat mavjud bo‘ldi”.
SIM-kartani Toshkent, Buxoro, Qarshi, Nukus, Samarqand va Farg‘ona shahrlaridagi kompaniyaning shaxsiy savdo va xizmat ko‘rsatish ofislaridan olish mumkin. Ofislarning manzillari bilan batafsil kompaniya saytida tanishish mumkin - https://beeline.uz/tashkentskaya-obl/about/press-center/press/news/details/specialnoe-predlozhenie/