We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more. |
|
|
24.04.2018 / 13:17:38
"Beeline" amaliyotchilar qabul qilinishining yubileyli mavsumini e'lon qildi“Uchinchi avlod” amaliyotchilarni qabul qilish dasturi bu yili 10 yoshga to’ladi. “Beeline”oliy o‘quv yurtlari talabalarini bir joyda yig‘di va loyiha natijalari bilan o‘rtoqlashdi. Men nima bilan shug‘ullanaman? Tanlovdan o‘tsam meni nima kutadi? Boshidan noto‘gri yo‘nalishni tanlagan bo‘lsam, uni o‘zgatrira olamanmi? Amaliyotdan so‘ng kompaniya menga ish taklif qiladimi?
Kompaniya vakillariga talabalar asosan shunday savollarni berishdi. Interfaol shaklda sobiq talabalar - hozirgi xodimlar, shuningdek "Bilayn" va "BeelLab" bo'linmalarining rahbarlari ushbu savollarga javob berishdi.
- Mening ismim Aziza, va men jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining endigina 1-kurs talabasiman. Dastur asosan bitiruvchilar uchun ekanligini bilaman, lekin mening ishim muloqot bilan bog'liqligiga ishonchim komil. Men aloqa, PR, psixologiya va xalqaro aloqalarni yaxshi ko'raman. Bu kompaniyada bularning barchasi borligiga ishonchim komil. Bolalar bilan suhbatlashdim, rahbarlardan so‘radim, menga imkon bo‘lishiga ishonaman! Albatta ariza yo‘llayman, orzuimga yana bir qadam yaqin bo‘lish imkonini qo‘ldan boy bermayman, - dedi Aziza Rasulova, JIDU birinchi kurs talabasi.
“Uchinchi avlod” dasturi faqat amaliyotchilar uchun tanlov bilan boshlangani yo‘q. Joriy yilda “Beeline” “BeeLab” nomli o‘zining IT-startapini –ishga tushirdi. Ushbu kichik, ammo jadal rivojlanayotgan va daromad keltiradigan innovatsion kompaniya MUIC (Mirzo Ulugbek innovatsion markazi) rezidentiga aylandi va AT-xizmatlarini va yarim milliard dollardan ziyod mahsulotlarini eksport qilishni kutmoqda. Talabalar “BeelLab”da ishlashga taklif etildi, bu esa to'rtinchi kurs talabalarining qiziqarli suhbatlariga sabab bo'ldi.
“Unitel”ning Hodimlar bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish bo‘yicha direktori Sofiya Gainutdinovaga shunday deydi:
- Mazkur dastur 3 va 4 bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan. Biz har yili tanlov asosida stajerlarni qabul qilib olamiz va ular bilan bir yil muddatga mehnat shartnomasi tuzamiz. Ularni ishga qabul qilamiz. Ularning ish ro‘yhatlari va kompaniya amaliyotchilarga o‘rgatadigan majbutiyatlari bizning xodimlarimizning ishlaridan farq qilmaydi. Bu yil kompaniya yanada kengayishga qaror qildi va biz nafaqat amaliyotchilarni qabul qilamiz, balki joriy ishga tushgan “BeeLab” kompaniyasida bitiruvchilar uchun haqiqiy ish taklif qilamiz. Har ikkala holatda ham, biz yoshlarga biznesda o'zlarini sinab ko'rish va kelajakda o'zlarini qaysi sohada ko‘rishlarini tushunish uchun imkoniyat beramiz, - dedi Sofiya.
Amaldagi xodimlarimiz amaliyot tajribasi bilan bo‘lishdilar. - Rostini aytsam, "Uchinchi avlod" amaliyot dasturiga ariza topshirganimda men qaysi yo'nalishda ishlashni istayotganimni aniq bilmasdim. Amaliy matematika va kompyuter fanlari fakultetini tamomlaganman, IT yo‘nalishida rivojlanishni xohladim. Men amaliyot uchun tijorat direktsiyasiga tushdim. Mijozlar tajribasi bo'yicha loyihada ishladim. Yo'lning o'rtasida, men o'zimni bir oz boshqa yo‘nalishda ko'rganimni tushundim. Va amaliyot oxirida meni kompaniyaning raqamli mahsulotlarini ishlab chiqaradigan yangi guruhga taklif etishdi. Shunday qilib, men data-analitikga aylandim, va men o‘z ishimni sevaman. Hozir bu mijozlarga xizmat ko'rsatish, to'lov vositasi, katta ma'lumotlarning tahlillari uchun bir nechta mahsulotdir. “Beeline” – men uchun imkoniyat. Va men ushbu imkoniyatdan foydalanishni barchaga tavsiya etaman, eng kamida keyin nima qilishni tushunish oson bo‘lishi uchun, - dedi Artur Vanesyan, “Beeline Uzbekistan” data-tahlilchisi.
|
|