Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Status Gold+” va “Status Platinum+” tarif rejalaridagi abonentlar uchun yanada ko‘proq imtiyozlar taqdim etilishi haqida xabar beradi. Endi mazkur tarif rejalaridagi abonentlar O‘zbekiston bo‘ylab cheksiz qo‘ng‘iroqlarlarni amalga oshirishlari mumkin.
“Status Gold+” tarif rejasiga o‘tish uchun *110*2# USSD-kodini terish lozim. “Status Platinum+” tarif rejasiga o‘tish uchun *110*1# USSD-kodini terish lozim.
Shunga e’tibor berishingizni so‘raymiz, daqiqalarning texnologik chegarasi oyiga 45 000 daqiqani tashkil etadi. Konferens-aloqa vaqtida guruhli qo’ng’iroqlar muloqoti bo’yicha emas, balki bir abonent uchun cheksiz muloqot taqdim etiladi.
Batafsil ma’lumot - https://beeline.uz/uz/tashkentskaya-obl/customers/mobile/tariffs/index/cellphone/?custom=async