Eng yirik aloqa operatori “Beeline” korporativ mijozlar uchun pasaytirilgan narxdagi “Biznes Unlim” tarif rejalari lineykasi haqida xabar beradi. Yangi lineykada internet tezligi 64 Kbit/daq boshlab 2048 Kbit/daqiqasigacha.
“B2B segmentidagi mijozlarimiz cheksiz Internetli oltita yangi tarif rejalardan qulay narxlarda foydalanishlari mumkin. O‘ylaymanki, cheksiz internet-trafik, shuningdek innovatsion yondashuv va ishonchli xizmat ko‘rsatish muhim bo‘lgan kompaniyalar uchun optimal yechim”, - voqeani sharhlaydi “Buzton” QK bosh direktori Oraz Abdurazakov.