We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more.

Ru   En

Search this site
Home page
Panorama
Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge
17.03.2017 / 12:50:11

Biznes bo'lsa, faqat ochiq-oydin bo'lsin: "Beeline" O'zbekistonda ilk marotaba Ta'minotchilar kunini o'tkazdi


Eng yirik aloqa operatori “Beeline” O‘zbekistonda ilk marotaba “Vendor Day” (“Ta’minotchilar kuni”) formatidagi tadbirni o‘tkazdi. Maqsad – ta’minotchilar bilan hamkorlik masalalarini ochiq muhokama qilish va o‘zaro manfaat asosida yanada shaffof biznesni olib borish bo‘yicha mustahkam aloqalarning yangi yo‘llarini topishdir. “Beeline” uning bir qismi bo‘gan “Veon” kompaniyalar Guruhi (Amsterdam, Niderlandiya) top-menejmenti vakillari “Vendor Day” tadbirida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurishdi.

Voqeani sharhlar ekan, VimpelCom Ltd. operatsion samaradorligi bo‘yicha direktori Aleksandr Matyushka shunday dedi: “Bugun men shu yerda, Toshkentda – “Veon”ning birinchi mahalliy “Ta’minotchilar kuni” tadbirining birida ishtirok etayotganimdan hursandman. Bunday formatning noyobligi nimada? Avvalom bor, mening chuqur ishonishim bo‘yicha, eng yirik global telekom-provayderlardan biri bo‘lib qolish uchun, biz mavjud bo‘lgan bozorning hususiyatlarini yaxshi anglashimiz lozim. Bugungi kunda bu butun dunyo bo‘ylab 240 milliondan ziyod abonentlarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan 12 operatordir. Bu haqiqatdan ham juda muhim narsa: operatsion kompaniyalar – bu o‘z noyob madaniyatiga ega bo‘lgan, siz insonlar bilan birga muloqotda bo‘lib ishlaydigan turli mamlakatlardir. Biz o‘z hamkorlarimizga Guruhimizning strategiyasi va qadriyatlarini, muhimi esa – “Veon”ni yaqin kelajakda oldinga jadal intilishiga va yetakchi o‘rinni saqlab qolishiga ko‘mak beruvchi innovatsion g‘oyalarni yetkazishga harakat qilamiz”.

“Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasining konferens-zalida “Unitel” va “Buzton” kompaniyalari o‘zlarining o‘nlab eng yirik biznes-hamkorlarini yig‘ishdi va “Beeline” va “Veon”ning kelajakdagi operatsion modeli va rivojlanish strategiyasini taqdim etishdi. Ta’minotchilar kuni dasturidagi muzokaralar bo‘limining natijasida esa qator loyihalar bo‘yicha hulosalar sarhisob qilindi.

““Beeline” butun “Veon” Guruhi bilan birgalikda transformatsiyalashmoqda, an’anaviy telekom-operatordan biz o‘zining data-sentrik biznes-modeli bilan IT-industriyaga o‘tmoqdamiz – deydi “Unitel” MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov. – Biz oldinga jadal qadamlar bilan harakatlanmoqdamiz, va bizning maqsadimiz “Beeline” ta’minotchilari nafaqat bizning so‘rovlarimizga javob bera olishligini, balki tezkor harakatlanayotgan bozor talablariga ham javob bera olishliklarini ta’minlash. Buning uchun hamkorlarimiz kompaniyaning maqsad va rejalarini, ravshan va o‘zaro manfaatli hamkorlikda qurilgan, shuningdek ish ahloq-qoidalariga mos ishga bo‘lgan yondashuvni tushunishlari lozim”.
Tantanali marosim “Vendor Day”ning kulminatsiyasiga aylandi. Hamkorlarga turli nominatsiyalarda ramziy sovrinlar topshirildi. Bu turli yo‘nalishdagi kompaniyalar ichidan “Beeline”ga eng sodiq bo‘lgan ta’minotchilarga bo‘lgan minnatdorchilikning o‘ziga hos belgisidir.
Mahalliy “Vendor Days” “VimpelCom” o‘z faoliyatini olib borayotgan barcha mamlakatlarda bo‘lib o‘tmoqda va kompaniyalarning hamkorlik qilishiga barcha sharoitlarni ta’minlovchi g‘oya va takliflar bilan almashish uchun platforma sifatida ishlamoqda.

 





Other materials for the

14.03.2017 / 11:43:52

"Beeline Club" va "Kafolat" sug'urta kompaniyasi yutug'i 50 000 000 so'mlik sertifikat bo'lgan tanlov e'lon qilishdi

"Beeline Club" o'z hamkori "Kafolat" sug'urta kompaniyasi bilan birgalikda Facebook ijtimoiy tarmog'idagi "Beeline Club" sahifasida sovrinli tanlovni e'lon qildi. Sovrin – 50 000 000 so'mlik sertifikat (mol-mulkni sug'urtasi). More...

10.03.2017 / 15:45:04

"Beeline" Farg'ona viloyatida tarmoq qoplamini kengaytirmoqda

"Beeline" Farg'ona viloyati hududida aloqa kengayishi haqida xabar beradi. More...

09.03.2017 / 14:58:26

"Beeline"dan O'zbekistonning 3D-panoramalarini "Google Maps"da 1 000 000dan ziyod kishi tomosha qildi

"Beeline Guide" Buxoro, Samrqand, Toshkent va Xiva shaharlari asosiy yodgorliklarining noyob 3D-panoramalari kolleksiyasi ko'rsatilishi statistikasini taqdim etmoqda. "Google Maps"ning 1 000 000dan ziyod foydalanuvchilari fotosuratlarni onlayn ravishda tomosha qilishgan: https://goo.gl/Nf2Od2 More...

09.03.2017 / 10:51:46

"Beeline"ning reklama roligi eng innovatsion deb tan olindi

Eng yirik aloqa operatori "Beeline" "2016 yilning Eng yaxshi Reklama Roliklari" tanlovi doirasida hududiy telekanallarning qo'llab-quvvatlashi asosida o'tkazilgan respublika bo'yicha ovoz berish natijalari haqida xabar beradi. More...

07.03.2017 / 11:06:22

"Beeline" va "Lotte City Hotel Tashkent Palace" bayramona tanlov g'olibini e'lon qildilar

Eng yirik aloqa operatori "Beeline" " Lotte Сity Hotel Tashkent Palace" restorani bilan hamkorlikda Facebook ijtimoiy tarmog'idagi "Beeline Uzbekistan" sahifasining foydalanuvchilari uchun 8 Mart bayramiga bag'ishlangan tanlov natijalarini e'lon qildilar. Alyona Goncharuk nomli ishtirokchi g'olib bo'ldi va romantik oqshomga ikki kishilik taklifnomani qo'lga kiritdi. More...





06.01.2020 / 17:01:48
Объявлены лауреаты "Золотого глобуса"
  /
 


26.06.2019 / 17:12:04
Крупнейшее российское издательство "Эксмо" представляет книгу писателя из Узбекистана "Шпага д'Артаньяна, или Год спустя".
 
01.04.2014 / 13:58:28
В Национальной библиотеке состоялся литературный вечер к 85-летию Озода Шарафиддинова
 


02.10.2014 / 10:49:02
"Презентация МГОГИ состоялась в РЦНК"
  /
 

 





Home page Panorama Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge

© 2011 — 2024 Kultura.uz.
UzAPI Certificate number 0632 of June 22, 2010
maintained by: Tashkent House of Photography Academy of Arts of Uzbekistan and «Kinoprom»
Mail: Letter@kultura.uz
   

About us   Feedback   Directory of resources

Advertising