We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more.

Ru   En

Search this site
Home page
Panorama
Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge
18.03.2017 / 10:15:06

Navro'z arafasida TATUning eng zamonaviy va shinam yotoqxonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi


Toshkent axborot texnologiyalari Universiteti va eng yirik aloqa operatori “Beeline” Navruz bayrami arafasida “Unitel” MChJ homiylik mablag‘iga rekonstruksiya qilingan TATU talabalar yotoqxonasining tantanali ochilish marosimini o‘tkazdilar.  

 

Marosimni ochar ekan, O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Umidjon A’lamov shunday dedi: “Kuni kecha muhtaram Prezidentimiz tomonidan Toshkent axborot texnologiyalari Universitetiga Muhammad Al-Xorazmiy nomi berilishi haqida juda dolzarb qaror imzolandi. Soha rivojlanishiga kelajakda o‘z hissalarini qo‘sha oladigan yuqori malakali mutaxassislarga ta’lim berish bizning asosiy maqsadimizdir. Shu borada unversitetning professor va o‘qituvchilari talabalarga kerakli bilimlarni olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib bermoqdalar. Eng yirik aloqa operatorlaridan biri “Beeline” ham shundan kelib chiqqan holda TATU bilan birgalikda imzolangan memorandum asosida yotoqxona binosini rekonstruksiya qilishda yordam ko‘rsatdi. Muhimi, endi talabalar o‘qishlarini tamomlaganlaridan so‘ng  shunday yirik kompaniyalarda ishlash imkoniyatiga egalar. Vazirlik nomidan ko‘rsatilgan yordam uchun “Beeline”ga minnatdorchilik bildiraman, va kompaniya faoliyatida muvaffaqiyatlar tilayman!”

 

Binoning qurilish va ta’mirlash ishlari bir yildan ziyod vaqt amalga oshirildi. Bu vaqt ichida TATUning binosi eng yuqori talablarga mos ravishda ta’mirlangan va jihozlangan zamonaviy va shinam universitet yotoqxonasiga aylandi. 

 

TATU rektori To‘lqin Teshaboyev: “O‘ylaymanki, yotoqxona talabalarga munosib ravishda xizmat qiladi. Universitetimizga al-Xorazmiyning nomi berilishi haqidagi qaror bilan birga bizda yangi ish rejasi paydo bo‘ldi. Universitet qoshidagi “Dasturiy mahsulotlar va apparat dasturiy majmualar yaratish markazi” o'rnida “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi”ni tashkil qilish rejalashtirilgan. Qabul qilingan qarorning yana bir muhim ahamiyati shundan iboratki, Universitet qoshida Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg'armasi tashkil etilmoqda va u ilmiy kadrlarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. So‘zsiz, talaba va aspirantlarning turmush sharoitini yaxshilash masalasi  – yangi sharoitdagi muhim omillaridan biridir, shuning uchun yangilangan binoning ochilishi – oldinda turgan o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi muhim qadamdir”.

 

Yangi ta’mirlangan binoda 320 kishi uchun mo‘ljallangan 127 xonadan tashqari kompyuter sinfi, kutubxona va ma’naviyat va ma’rifat markazi joy olgan.  Ochilish marosimi tugagach yotoqxona bo‘ylab press-tur bo‘lib o‘tdi.

 

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: “Ijtimoiy sarmoyalar strategiyasini amalga oshirishda biz tasofidan bu loyihani tanlaganimiz yo‘q.  Va TATU “Beeline” va umuman O‘zbekistonning telekom va IT-sohasi uchun kadrlar manbasi ekanligi uchun ham emas. Shunchaki ertaga bizning o‘rnimizga kelib bizning sohamizini rivojlantiradigan yoshlarga yaxshilik qilish juda yoqimli.  Men o‘zim talabalik chog‘imda talabalar yotoqxonasida yashaganman, va albatta u yerni bu bino bilan umuman solishtirib bo‘lmaydi, shuning uchun ish jarayoninini shaxsan o‘zim nazorat qilishga harakat qildim. Bugun biz mag‘rur bo‘lib shuni aytishimiz mumkinki, shu binoni huddi o‘zimiz uchun ta’mirlaganday topshirmoqdamiz”.

 

"Make Your Mark" tashabbusi 2014 yilning dekabr oyida joriy etilgan bo‘lib, "Veon" kompaniyalar guruhining korporativ ijtimoiy majburiyatlari strategiyasining asosiy elementi hisoblanadi. Uning maqsadi - yoshlarga kelajaklarini barpo etishda yordam berish, ularga texnologik asbob-uskunalar, tajriba va bilim, ta’limni kengaytirish, porloq kelajaklari yo‘lidagi to‘siqlarni o‘tishda yordam berish.

Batafsil ma'lumot www.beeline.uz saytida.





Other materials for the

17.03.2017 / 12:50:11

Biznes bo'lsa, faqat ochiq-oydin bo'lsin: "Beeline" O'zbekistonda ilk marotaba Ta'minotchilar kunini o'tkazdi

Eng yirik aloqa operatori "Beeline" O'zbekistonda ilk marotaba "Vendor Day" ("Ta'minotchilar kuni") formatidagi tadbirni o'tkazdi. More...

14.03.2017 / 11:43:52

"Beeline Club" va "Kafolat" sug'urta kompaniyasi yutug'i 50 000 000 so'mlik sertifikat bo'lgan tanlov e'lon qilishdi

"Beeline Club" o'z hamkori "Kafolat" sug'urta kompaniyasi bilan birgalikda Facebook ijtimoiy tarmog'idagi "Beeline Club" sahifasida sovrinli tanlovni e'lon qildi. Sovrin – 50 000 000 so'mlik sertifikat (mol-mulkni sug'urtasi). More...

10.03.2017 / 15:45:04

"Beeline" Farg'ona viloyatida tarmoq qoplamini kengaytirmoqda

"Beeline" Farg'ona viloyati hududida aloqa kengayishi haqida xabar beradi. More...

09.03.2017 / 14:58:26

"Beeline"dan O'zbekistonning 3D-panoramalarini "Google Maps"da 1 000 000dan ziyod kishi tomosha qildi

"Beeline Guide" Buxoro, Samrqand, Toshkent va Xiva shaharlari asosiy yodgorliklarining noyob 3D-panoramalari kolleksiyasi ko'rsatilishi statistikasini taqdim etmoqda. "Google Maps"ning 1 000 000dan ziyod foydalanuvchilari fotosuratlarni onlayn ravishda tomosha qilishgan: https://goo.gl/Nf2Od2 More...

09.03.2017 / 10:51:46

"Beeline"ning reklama roligi eng innovatsion deb tan olindi

Eng yirik aloqa operatori "Beeline" "2016 yilning Eng yaxshi Reklama Roliklari" tanlovi doirasida hududiy telekanallarning qo'llab-quvvatlashi asosida o'tkazilgan respublika bo'yicha ovoz berish natijalari haqida xabar beradi. More...





06.01.2020 / 17:01:48
Объявлены лауреаты "Золотого глобуса"
  /
 


22.06.2015 / 00:19:23
Гостевой дом в Бухаре
  /
 


02.10.2014 / 10:49:02
"Презентация МГОГИ состоялась в РЦНК"
  /
 

 





Home page Panorama Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge

© 2011 — 2024 Kultura.uz.
UzAPI Certificate number 0632 of June 22, 2010
maintained by: Tashkent House of Photography Academy of Arts of Uzbekistan and «Kinoprom»
Mail: Letter@kultura.uz
   

About us   Feedback   Directory of resources

Advertising