We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more.

Ru   En

Search this site
Home page
Panorama
Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge
18.04.2017 / 16:13:59

Oraz Abdurazakov – "Beeline"ning tashqi aloqalari va kommunikatsiyalari direktori


“Beeline” Oraz Abdurazakov “Unitel” MChJ tashqi aloqalari va kommunikatsiyalari direktori  lavozimiga tayinlangani haqida e’lon qiladi.

 

Voqeani sharhlar ekan, “Unitel” MChJ bosh direktori Dmirtiy Shukov shunday dedi: “Tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar direksiyasi — biznesni rivojlantirishda korporativ kommunikatsiyalar muhimligi o‘sib borishini nazarga olgan holda, kompaniyani muhim auditoriyalar bilan o‘zaro aloqa qilish tizimini takomillashtirish doirasida joriy qilingan “Beeline”ning yangi bo‘limidir.  Aynan Oraz Abdurazakov so‘ngi yillar mobaynida strategiyamizning kommunikatsion tarkibini yangi sifatli darajaga olib chiqdi, shuning uchun “Unitel”ning yangilangan tashkiliy tizimida jamoatchilik bilan aloqalardan tashqari “Beeline”ning ijtimoiy sarmoyalari bo‘limi va Government Relations bo‘yicha faoliyat uning rahbarligiga o‘tadi. Ishonamanki, Orazning ish qobiliyati va tajribasi kompaniya o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarini bajarishga yordam beradi”.  

 

“Unitel” MChJ Tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar direksiyasiga rahbarlik qilish bilan bir qatorda Oraz Abdurazakov “Buzton” QK bosh direktori lavozimini ham saqlab qoladi.  

 

“VEON kompaniyalar guruhi transformatsiya bosqichiga o‘tmoqda, va bu nafaqat digital sohasiga yo‘naltirilgan biznesga o‘tishni, balki boshqaruv modelini zamonaviylashtirishni ham anglatadi, – deydi Dmitriy Shukov. – PR, GR va CSR-xizmatlarini birlashtirish nafaqat korporativ kommunikatsiyalarga bo‘lgan yondashuvni bir shaklga keltiradi, balki resurslarni oqilona taqsimash va faoliyat samaradorligini oshirishga ko‘mak beradi”.

Oraz Abdurazakov 1981 yili Toshkent shahrida tavallud topgan. 2001 yili Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini “Reklama va jamoatchilik bilan aloqalar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. 2005 yilda “Bosma OAV auditoriyasi monitoringi” mavzusidagi dissertatsiyani yoqlab O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika magistri darajasini olgan, 2014 yilda esa “London School of Public Relations” a’lo darajali diplomini qo‘lga kiritdi.

2001 yildan 2002 yilgacha korxonaning ichki va tashqi kommunikatsiyalariga javob berib “Algoritm” OAJ bosh direktorining yordamchisi bo‘lib ishlagan. Samsung Electronics, Fujitsu-Siemens va Roison Electronics bilan axborot hamkorlikni nazorat qilgan. 

2002 yilda Oraz “Iqtisod va huquq Dunyosi nashriyot uyi” mediaxoldingiga qo‘shildi, u yerda “PressTIJ-TV” gazetasining muxbiridan bosh muharririgacha ko‘tarilgan.  2005 yilning avgust oyida “Iqtisod va huquq dunyosi” YoAJ NU direktor o‘rinbosari lavozimini egallagan. Uning mas’uliyatiga nashriyot faoliyatining ijodiy qismi, nashrdan avvalgi jarayonlarning nazorati va poligrafik ishlab chiqarish, shuningdek yangi bosma va onlayn-loyihalarni ishlash kirgan.

2008 yilda – “Meran Media” reklama agentligining bosh direktori. 2008 yilning 22 dekabr kunidan Oraz Abdurazakov O‘zbekistondagi “Beeline”ning PR-yo‘nalishiga boshchilik qildi.  2014 yilning avgust oyidan “Buzton” QK bosh direktori lavozimi egallab kelmoqda. 





Other materials for the

18.04.2017 / 16:12:17

"Beeline" – USENET 2017 xalqaro digital-konferensiyasining Bosh homiysi

"Beeline" 25 aprel kuni "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida bo'lib o'tadigan va bir necha mamlakatdan kelgan ma'ruzachilarni jamlaydigan USENET 2017 xalqaro digital-konferensiyasining Bosh homiysi bo'ldi. More...

17.04.2017 / 13:13:43

"Beeline" "Bir Oy" tarif rejasida yanada ko'p 4G Internet taqdim etmoqda

"Beeline" Toshkent shahri abonentlari uchun "Hayot uchun 4G" dasturi doirasida "Bir Oy" tarif rejasida 4G tarmog'i uchun qo'shimcha bepul 750 Mb taqdim etmoqda. More...

14.04.2017 / 13:38:11

4G for life: Beeline will deploy LTE networks in 20 cities of Uzbekistan in 2017

Beeline announces the launch of "4G for life" program. Now, absolutely free 4G is in every tariff company. More...

14.04.2017 / 11:09:03

"Beeline" abonentlari "Sizning 4G Bonusingiz!" aksiyasi doirasida har oy 6 Gigabayt Internetga ega bo'ladilar

"Beeline" "Hayot uchun 4G" dasturi doirasida "Sizning 4G Bonusingiz!" aksiyasi haqida e'lon qiladi. More...

13.04.2017 / 14:46:07

Beeline Daniyada internet-roumingni kengaytirmoqda

Beeline Daniya roumingida internet-muloqot imkoniyatlari kengaygani haqida xabar beradi. "Telenor" kompaniyasi bilan hamkorlik haqida shartnomasi imzolandi. More...





18.12.2013 / 11:38:22
Выставка искусства каллиграфии "Татарский шамаиль 19-20 веков "Слово и образ"
 
10.12.2013 / 09:26:21
Opening days. Applauded the artist Svetlana Shin, remembered the miniature painter Sadriddin Pochchayev.
 


01.05.2014 / 14:21:57
Опера "Царская невеста". Аплодисменты во Дворце "Туркистон"
 
11.12.2013 / 13:43:04
Театр "Ильхом" радует публику новыми премьерами и проектами
 


22.06.2015 / 00:19:23
Гостевой дом в Бухаре
  /
 


02.10.2014 / 10:49:02
"Презентация МГОГИ состоялась в РЦНК"
  /
 

 
 





Home page Panorama Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge

© 2011 — 2017 Kultura.uz.
UzAPI Certificate number 0632 of June 22, 2010
maintained by: Tashkent House of Photography Academy of Arts of Uzbekistan and «Kinoprom»
Mail: info@kultura.uz
   

About us   Feedback   Directory of resources

Advertising