We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more.

Ru   En

Search this site
Home page
Panorama
Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge
25.04.2017 / 16:23:28

USENET 2017 panel munozarasi doirasida so'm tariflariga o'tish istiqbollari muhokama qilindi


Bugun, 25 aprel kuni, “International Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Beeline”ning homiylik qo‘llab-quvvatlashi asosida  “Ledokol Group” agentligi tarafidan tashkillashtirilgan “USENET 2017” digital-konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Ishtirok etish uchun 2 000dan ziyod kishi ro‘yhatdan o‘tgan yilning asosiy digital-voqeasida  O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vaziri Sherzod Shermatov mehmonlarga salomlashuv so‘zi bilan murojaat etdi.  

 

Tantanali ochilish marosimidan so‘ng anjumanning asosiy maydonchasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazir o‘rinbosari Umidjon A’lamov va “Unitel” MChJ Bosh direktori Dmitriy Shukov ishtirokida panel munozara boshlandi. Mobil keng polosali kirishning rivojlanishi va 2017-2021 yillarda 4G va 5G standatrlarini joriy qilish bosqichlari munozara mavzusiga aylandi.

 

Savollar va javoblar sessiyasi doirasida operatorlar va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazirlikning o‘zaro munosabatlari haqida zaldan savol berildi.

 

“Sohani tartibga soluvchi bilan bizning birgalikdagi faoliyatimizning muhim va istiqbolli yo‘nalishlaridan biri – bu baza stansiyalarining legalizatsiya qilish muddatlarini qisqartirishdir, – dedi Dmitriy Shukov. – Albatta, bu sifatga zarari tegmasdan amalga oshirilishi lozim, ammo rasmiylashtirish tartibi ayni paytda qabul qilingan 6-9 oydan kam bo‘lgan vaqtni olishi zarur. Bu bugungi kunda ahamiyatga ega bo‘lmagan va umuman sohani rivojlanishini sekinlashtiradigan sanitar qoidalar va me’yorlarga ham taalluqlidir”.

 

Savolga javob berar ekan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha vazirlikning faoliyati operatorlarning samarali ish yuritishlariga qaratilganligini   Umidjon A’lamov belgilab o‘tdi. Iloji bor joyda sohani tartibga soluvchi kompaniyalar antennalarini ishga tushirish jarayonini tezlashtirishga harakat qilmoqda. Bundan tashqari, vazirlik baza stansiyalardan bo‘lgan nurlanish darajasini 2,5 mkVt/sm2 eskirgan me’yoridan (AKT rivojlanishi yuqori darajada bo‘lgan mamlakatlarda bu ko‘rsatgich 20-30 barobarga ko‘pligini nazarga olgan holda)  voz kechishga harakat qilmoqda.

 

Hulosa sifatida vazir o‘rinbosari yil so‘ngiga qadar O‘zbekistondagi mobil operatorlar va internet-provayderlar  xizmatlarni milliy valyuta evaziga amalga oshirishlari haqidagi yechim joriy etilishi haqida aytib o‘tdi. “Bunga o‘tish juda katta mablag‘ni talab qiladi, – dedi Umidjon A’lamov. – Lekin, harakatlar strategiyasiga muvofiq, milliy valyutada tarifikatsiya qilishga hamma o‘tadi: ham mobil operatorlar, ham intenet-provayderlar. Yechim yil so‘ngiga qadar ishlab chiqariladi va keyingi yil amalga oshiriladi”.

 





Other materials for the

19.04.2017 / 16:02:05

"Beeline" Bravo Online tarif rejasida bonusli 4G Internet taqdim etmoqda

"Beeline" "Bravo online" tarif rejasida xisob to'ldirilgani evaziga bonusli 4G Interneti taqdim etilishi haqida xabar beradi. More...

19.04.2017 / 10:13:00

"Beeline" Bravo Online tarif rejasida bonusli 4G Internet taqdim etmoqda

"Beeline" "Bravo online" tarif rejasida xisob to'ldirilgani evaziga bonusli 4G Interneti taqdim etilishi haqida xabar beradi. More...

18.04.2017 / 16:13:59

Oraz Abdurazakov – "Beeline"ning tashqi aloqalari va kommunikatsiyalari direktori

"Beeline" Oraz Abdurazakov "Unitel" MChJ tashqi aloqalari va kommunikatsiyalari direktori lavozimiga tayinlangani haqida e'lon qiladi. More...

18.04.2017 / 16:12:17

"Beeline" – USENET 2017 xalqaro digital-konferensiyasining Bosh homiysi

"Beeline" 25 aprel kuni "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida bo'lib o'tadigan va bir necha mamlakatdan kelgan ma'ruzachilarni jamlaydigan USENET 2017 xalqaro digital-konferensiyasining Bosh homiysi bo'ldi. More...

17.04.2017 / 13:13:43

"Beeline" "Bir Oy" tarif rejasida yanada ko'p 4G Internet taqdim etmoqda

"Beeline" Toshkent shahri abonentlari uchun "Hayot uchun 4G" dasturi doirasida "Bir Oy" tarif rejasida 4G tarmog'i uchun qo'shimcha bepul 750 Mb taqdim etmoqda. More...





22.06.2015 / 00:19:23
Гостевой дом в Бухаре
  /
 


26.06.2019 / 17:12:04
Крупнейшее российское издательство "Эксмо" представляет книгу писателя из Узбекистана "Шпага д'Артаньяна, или Год спустя".
 
01.04.2014 / 13:58:28
В Национальной библиотеке состоялся литературный вечер к 85-летию Озода Шарафиддинова
 


02.10.2014 / 10:49:02
"Презентация МГОГИ состоялась в РЦНК"
  /
 

 





Home page Panorama Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge

© 2011 — 2024 Kultura.uz.
UzAPI Certificate number 0632 of June 22, 2010
maintained by: Tashkent House of Photography Academy of Arts of Uzbekistan and «Kinoprom»
Mail: Letter@kultura.uz
   

About us   Feedback   Directory of resources

Advertising