We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more. |
|
|
02.05.2017 / 11:31:24
Havo kemalari bortlarida "Beeline"dan rouming taqdim etuvchi avialiniyalarning ro'yhati kengaytirildi“Beeline” havo kemalari bortida rouming xizmatlarini taqdim etadigan avialiniyalar ro‘yhati kengaygani haqida xabar beradi. Ushbu xizmat “Beeline” va “AeroMobile” Britaniya operatori bilan hamkorlikda taqdim etiladi. “Beeline”dan rouming quyidagi avialiniyalar bortida amal qiladi:
- Airberlin A330-200, A319, A320, A330 samolyotlarida - AirSerbia A319, A320 samolyotlarida - Alitalia A330-200 samolyotlarida - CATHAY PACIFIC A350-900 samolyotlarida - EUROWINGS A330 samolyotlarida - Kuwait Airways B777-300ER samolyotlarida - Malindo Air B737-900 samolyotlarida - SWISS B777, A330 samolyotlarida - TURKISH AIRLINES B777-300ER samolyotlarida
Yangi qo‘shilgan avialiniyalardan tashqari “Beeline” roumingi quyidagi aviakompaniyalar samolyotlarida ham mavjud: Transaero, British Airways, Air France, Lufthansa, KLM, SAS, Emirates, Virgin Atlantic, Qatar Airways, Etihad Airways, Singapore Airlines, Aer Lingus va Eva Air. Aviakompaniyalar ro‘yhati doimiy ravishda kengayib bormoqda.
Samolyot bortida roumingdan foydalanish juda oson: uchib, yuksaklikga yetgandan so‘ng “Beeline” SIM-kartasiga ega bo‘lgan uyali vosita avtomatik ravishda, yoki mustaqil yoqish orqali "Aeromobile” tarmog‘iga ulanadi. Abonent operatordan salomlashuv xabarini oladi. Undan keyin telefondan qo‘ng‘iroq qilish, SMS yuborish va Internetga chiqish uchun foydalanish mumkin.
Tafsilotlar https://beeline.uz va www.aeromobile.net saytlarida.
|
|