Eng yirik aloqa operatori “Beeline” Surхondaryo viloyati hududidagi 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Termiz shahrida, shuningdek Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on va Shurchi tumanlarida yangi baza stansiyasi ishga tushirilishi natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.
Voqeani sharhlar ekan “Unitel”ning G‘arbiy hududiy filiali direktori Ulug‘bek Ahmedov shunday dedi: “Nafaqat hududda, balki butun O‘zbekiston bo‘ylab aloqaning yuqori sifatini ta’minlagan va kompaniya rivojlanishining yangi istiqbollarini ochgan holda tarmoqni rivojlantirish va zamonaviylashtirish bo‘yicha ishlar doimiy ravishda olib borilmoqda”.
Qo‘shimcha quvvatlarni o‘rnatish natijasida Bog‘ishamol, Sobir Rahimov, Taraqqiyot va Kitob ko‘chalarida signal sifati yaxshilandi.