We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more. |
|
|
07.08.2017 / 17:33:52
"Beeline" 4G qamrovini kengaytirmoqda: endi LTE Jizzax, Qo'qon, Samarqand va Farg'ona abonentlari uchun amal qiladi“Beeline”ning tezkor 4G Interneti yaqin vaqt ichida respublikaning barcha hududlarida amal qiladi. Endi xizmat Jizzax, Qo‘qon, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida amal qilmoqda.
Mamlakatdagi eng kuchli Internet bilan “Beeline” digital yo‘nalishiga qadam qo‘ydi. Texnologiya ushbu shaharlarning barcha abonentlari uchun katta hajmli trafik va maqbul narxlar bilan amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda 4G tarmog‘i Toshkent, Angren, Andijon, Bekobod, Buxoro, G‘ijduvon, Zarafshon, Qarshi, Navoiy, Namangan va Chirchiq shaharlari abonentlari uchun amal qilmoqda. LTE standartida ishlaydigan smartfon va planshet egalari, shuningdek “Beeline” Mi-Fi routerlari egalari 4G tezligidagi mobil Internetdan foydalanishlari mumkin. Mavjud SIM-kartani maxsus USIM‘ga abonentlar “Beeline”ning savdo va xizmat ko‘rsatish ofislarida almashtirib olishlari mumkin.
Tarmoq LTE 850 (band 18 va band 5) chastotalarida ishlaydi. 4G tarmog‘ida ishlaydigan moslamalar ro‘yhati bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://static.beeline.uz/upload/images/4g/Devices_LTE_850.pdf
|
|