“Beeline” Umra vaqtida Saudiya Arabistonda bo‘lgan kompaniya abonentlari uchun maxsus rouming-tariflarni joriy qilmoqda. Mahalliy rouming-hamkorlar “Zain SA” (Mobile Telecommunication Company Saudi Arabia) va “STC” (Saudi Telekom Company) operatorlari bilan kelishuv yordamida “Beeline” mijozlari o‘z raqamlarida arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha aloqada qolishlari mumkin.
Chegirmalar 2018 yilning 2 fevralidan 27 aprel kuniga qadar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amal qiladi:
|
Eski narx
|
Yangi narx
|
Kirish qo‘ng‘iroqlari
|
10 104 so‘m
|
4 210 so‘m
|
Saudiya Arabistonga chiqish qo‘ng‘iroqlari
|
7 578 so‘m
|
4 210 so‘m
|
O‘zbekistonga chiqish qo‘ng‘iroqlari
|
15 156 so‘m
|
4 210 so‘m
|
SMS
|
2 526 so‘m
|
421 so‘m
|
Internet
|
82 768,6 so‘m
|
4 210 so‘m
|
“Zain SA” va “STC” operatorlari telefon ekranida quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishlari mumkin: “Zain SA”, “42004” yoki “KSA04”, shuningdek “STC”, “42001”, “KSA01” yoki “ALjawal”