Respublika yosh olimlar kengashi tashabbusi bilan 9 – 16-iyun kunlari Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, Langar qishlog’ida joylashgan Munchoqtepa arxeologik yodgorligida ilmiy-tadqiqot ekspedidsiya olib borildi. Ekspedidsiyada Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston davlat milliy universiteti talabalari, yosh olimlar qatnashishdi. Yurtimizdagi tarixiy va arxeologik yodgorliklarni ilmiy tadqiq etish, mavjud madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash bo’yicha amalgam oshiralayotgan amaliy ishlar samaradorligini oshirish; ilmiy tadqiqot ekpedidtsiyasi orqali respublikamizda tarix, arxeologiya, geologiya, ekologiya, manbashunoslik bo’yicha ilmiy tadqiqotlar salmog’ini kengaytirish maqsadida o’tkazilgan ushbu ekspeditsiya ko’plab yosh tadqiqotchilarni birlashtirdi.
Tadqiqotlar natijasida qadimgi davrga tegishli manzilgohlar, ibodatxona qoldiqlari, sopol buyumlar, qabr toshlari, qoyatosh suratlar topildi.Munchoqtepa yodgorligida olib borilgan izlanishlar jarayonida topilgan tarixiy ashyolar namunalari olib kelindi va soha mutaxassislari tomonidan qayta taqdqiq etilmoqda. Tadqiqotchilar tarixiy ashyolarni shartli ravishda Munchoqtepa I va II kabi ikki guruhga ajratishdi.
Munchoqtepa I ga tegishli arxeologik topilmalar Antik davr va O’rta asrlarga tegishli; Munchoqtepa II dan topilgan ashyolar qoraxoniylar davriga tegishli bo’lishi mumkin, deya taxmin qilishmoqda tadqiqotchilar.
Ekspetiza natijalari aniq bo’lgandan so’ng to’plangan manbaalar asosida Munchoqtepa topilmalari monografiyasi nashr etilishi rejalashtirilgan.
Ismoilova Mohinur