Joriy yilning 7-8 fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi Yoshlar Ittifoqining markaziy kengashi , Xorazm viloyati kengashi,Xorazm viloyati hokimligi va O'zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo'llab quvvatlash markazi hamkorlikda “Islohatda yosh- kadrlar” Sammiti bo'lib o'tdi.Yoshlar masalasi davlat siyosatiga ko'tarilgan bugungi kunda, kelajak egalarining islohatda o'z o'rnini topishlariga ko'mak berishni maqsad qilga, bu sammitda yurtimizning eng munosib deb topilgan 100 nafar yoshlar- Xorazmda birlashdi. Qatnashchilar 6- fevral kuni Xiva Temir yo'l vogzalida kata tantani bilan kutub olindi va Xiva shahridagi yoshlar mehmonxonasiga joylashtirildi.
Sammit o'z doirasiga Notiqlik va Liderlik, OVA va jurnalistika , Ta’limda Psixoligiya, Tadbirkorlik va koorparatsiya kabi yo'nalishlar qamrab oldi. Birinchi kuni ishtirokchilarni ro'yhatdan o'tkazildi hamda, Xorazm viloyati Hokimi F. Ermanov bilan uchrashuv tashkillashtirildi. Undan so'ng Leading Learder – Mirjalol Mirsobitov, OAV va Jurnalistika -Akmal Binoqulov, Ta’limda Psixologiya – Shuhrat Dilshod, Tadbirkorlik va Koorporatsiya –Mehroj Ashidovlar kabi o'z yo'nalishlarining mutaxassislari tomonidan birinchi sessiya ( masterclass) qizg’in boshlanib ketdi. Kunning ikkinchi qismining ham ko'proq qismini mutassislar bahs munozara, fikrlar almashishga sarflandi. Undan tashqari “Team Working” loyihasi -Ibrohim Gulyamov bilan ham uchrashuv ishtirokchilarning maqsadlarini amalga oshirishdagi sandiqlarning kaliti tomon to'g’ri harakatlanishlariga unday oldi. Kechki payt esa ko'xna va navqiron Xiva bo'ylab sayohat ishtirokchilar xotirasiga unutilmas xotiralarni bitdi, desak, mubolag’a bo'lmaydi. Bir necha soat bo'lsa, ham tarix bilan yuzma yuz yashaganliklari , yuzlaridagi quvonch so'zimizning isbotidir.
Sammitning ikkinchi kun tartibining asosiy qismini ham ustozlar bilan baxs munozarlar bilan to'lgan edi, chunki u yerda yurtimizning eng lider yoshlari yig'ilgan. Shuningdek, liderlarning o'ziga yarasha savollari ham ko'p bo'ladida. Javoblar topilganda savollar o'zgaradi.Zero, ular ilg’or yoshlar sanaladi. Ikkita sessiyani tamomlagandan so'ng, mahorat darslaridan olgan bilim va ko'nikmalari asosida “Muammo-taklif-yechim” Konsepsiyasi asosida har bir yo'nalish o'zlarining loyihalarini ishlab chiqishdi va uning taqdimotini o'tkazishdi. Undan keyin Xorazm viloyati tomonidaan yozilgan bayram dasturxoniga taklif etildi. Shuning bilan bir qatorda sammitda faol ishtirok etgan yoshlar sertifikat va estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar. Sammit o'z maqsadiga erishdi deya ishtirokchilarni kuzatayotib, Sammit prezidenti Ogunur Atayeva. Shunday tadbirlarning uyushtirilishi O'zbekiston yoshlarining birgalikda harakatlanishi uchun zamin yaratadi.
Rustam Pardaboyev
O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi talabasi