Мы освещаем новости культуры Узбекистана: театр, кино, музыка, история, литература, просвещение и многое другое.

Ru   En

Поиск по сайту
Главная
Панорама
Вернисаж Театр Кинопром Музыка Турбизнес Личная жизнь Литература Мир знаний
05.06.2024 / 14:05:50

1–2-iyun kunlari Zomin milliy tabiat qo'riqxonasida "ZAAMIN ULTRA 2024" ultramarafoni bo'lib o'tdi


2024-yil 1–2-iyun kunlari “ZAAMIN ULTRA 2024” xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tdi. U O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkillashtirilgan “Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalari turkumiga debocha yasab berdi. Bu Zomin milliy bog‘idagi uchinchi poygadir.

Poygada 2,100 dan ortiq sportchi 20 ga yaqin mamlakatdan ishtirok etdi. Ular orasida AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Malayziya, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya va boshqa davlatlar bor.

“ZAAMIN ULTRA 2024” yo‘lagi Zomin milliy tabiat bog‘i hududi bo‘ylab o‘tib,  50K, 21K, 10K va 2K.lik to‘rt masofani o‘z ichiga oldi.

50K masofada erkaklar o‘rtasida 04:12:35 natija bilan Nurziyad Begaliyev, ayollar o‘rtasida 05:56:05 natija bilan Olga Popova g‘olib bo‘lishdi.

21K masofada erkaklar o‘rtasida 01:35:53 natija bilan Artyom Sekachev, ayollar o‘rtasida 01:51:46 natija bilan Aleksandra Cherkas zafar quchishdi.

10K masofada erkaklar o‘rtasida 0:53:46 natija bilan Bekzod Pardayev, ayollar o‘rtasida 0:59:48 natija bilan Aleksandra Kuznetsova g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

50K masofada bu yil rekord ham yangilandi: Nurziyad Begaliyev masofani o‘zidan avvalgi chopqirga nisbatan 12 daqiqa tezroq bosib o‘tdi. Mutlaq hisobdan tashqari yosh toifalari bo‘yicha ham g‘oliblar taqdirlandi.

Bu yil biz yana bir bor turli mamlakatlardan minglab kelgan sportchilarni birlashtirib, ularga orzularini roʻyobga chiqarish va dunyodagi eng qiziqarli baland togʻ yo‘laklaridan birida oʻz irodalarini sinab ko‘rish imkoniyatini berdik. Joriy etilgan yangi tamoyillar qatorida biz tabiatni, u mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan musaffo shaklda qoldirish muhim ekanligiga mas’uliyat bilan yondashib, turkum ekologik tashabbuslarni, jumladan, “plogging”, ya’ni plastik stakanchalardan voz kechish amaliyoti va boshqa tadbirlarni tashkil etdik. Barchani navbatdagi poygalarimizga qo‘shilishga taklif etamiz – iyun oyining oxirida Bo‘stonliq tumanida sport festivali bo‘lib o‘tadi, so‘ngra sevimli tadbirimiz Buxorodagi tungi poyga bo‘ladi, Samarqanddagi marafon an’anaviy ravsihda turkum musobaqalar mavsumini yakunlaydi”, — Mirxan Sagitov, “Samarkand Marathon” yugurish musobaqalari turkumi rahbari.

Tashkilotchilar tomonidan alohida e’tibor atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlariga qaratildi. Zominning betakror manzaralarini asrab-avaylash tashabbusi doirasida poyga yakunida “plogging” (qisqa masofalarga yugurish barobarida chiqindilarni to‘plash) tadbiri o‘tkazildi, shuningdek, bir martalik stakanchalardan foydalanmaslikka qaror qilindi.

Marra maydonida “ZAAMIN ULTRA 2024” ishtirokchilari uchun medallar topshirildi. Bu yil medallar dizaynida Zomin milliy bog‘ining betakror manzaralari aks ettirildi.

1-iyun poyga arafasida, “ZAAMIN ULTRA” ultramarafonining mehmonlari va ishtirokchilari uchun elektron musiqa konserti bo‘lib o‘tdi. Ochiq sahnada minglab tomoshabinlar qarshisida DJ Yõldosh chiqish qildi, oqshom ko‘rkiga esa ushbu maydonda ikkinchi bor ishtirok etayotgan “QARAQOOM” guruhi yanada ko‘rk bag‘ishladi.

“ZAAMIN ULTRA”ning uch yilligi sharafiga yopilish marosimi mushakbozlik bilan yakunlandi.

Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi.

Musobaqaning bosh hamkorlari: Sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi.

Oʻzbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga 2017-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga binoan asos solingan. Jamg‘armaning pirovard maqsadi Oʻzbekiston madaniyatini xalqaro miqyos manzarasiga uzviy singdirish, madaniyat muassasalarida bag‘rikeng va qulay muhitni yaratish orqali mamlakat ichidagi imkoniyatlarni taraqqiy ettirish, muzeylarni ta’mirlash, metsenatlikni rivojlantirish hamda muzey, teatr va boshqa madaniyat muassasalari uchun xodimlar salohiyatini shakllantirishdan iborat. Jamg‘armaning loyihalari san’at, adabiyot, teatr, musiqa, me’morchilik, raqs san’ati, kino kabi qator yoʻnalishlarni qamrab olgan. Fanlararo yondashuvni qoʻllagan va turli mamlakatlar yetakchi mutaxassislarini birlashtirgan holda Jamg‘arma MDH, Yevropa va Osiyo mamlakatlari orasida madaniy diplomatiyaning yillar osha barq urishini rag‘batlantiradi.

acdf.uz

 





Другие материалы рубрики

04.06.2024 / 14:37:46

Соотечественник из Узбекистана стал лауреатом премии МИД Великобритании

Лауреатом премии в номинации "Публикация" премии "Выпускник года 2024" ("Chevening Alumni of the Year Award 2024"), организованной Министерством иностранных дел Великобритании и "Альянсом выпускников Чивнинг", стал наш соотечественник, доктор юридических наук Сергей Саяпин Далее...

04.06.2024 / 14:14:41

В Таджикистане прошла вторая экологическая акция "Сырдарья-река дружбы"

1 июня текущего года в рамках объявленного "Года экологии" Шанхайской организации сотрудничества в городе Худжанд, Республика Таджикистан, была проведена экологическая акция под названием "Сырдарья-река дружбы" Далее...

03.06.2024 / 14:23:03

В Москве стартовали VIII Всемирные игры юных соотечественников

При поддержке Россотрудничества в мероприятии примут участие более 200 ребят из 30 стран: Абхазии, Азербайджана, Армении, Белоруссии, Египта, Замбии, Индии, Иордании, Испании, Казахстана, Кипра, Киргизии, Китая, Ливана, Македонии, Малайзии, Молдовы, Монголии, Палестины, Сербии, Сирии, Таджикистана, Таиланда, Туниса, Туркменистана, Турции, Узбекистана, Швеции, Южной Кореи, Южной Осетии Далее...

03.06.2024 / 09:58:46

Историко–культурная конференция "Миссия Памяти. Ленинградское Спасибо" проходила в Ташкенте 28 и 29 мая в Государственной консерватории Узбекистан. И это стало заметным событием в культурной и общественной жизни столицы

Миссия доброй воли, символизирующая эту впечатляющую акцию – очень важна и весьма актуальна Далее...

02.06.2024 / 12:43:55

ПОСОЛЬСТВО США ЗАПУСКАЕТ ПРОГРАММУ "ДИВЕРСИФИКАЦИЯ ЦЕПОЧКИ ПОСТАВОК ФАРМАЦЕВТИЧЕСКОЙ ПРОДУКЦИИ В СТРАНАХ АЗИИ"

Посол США Джонатан Хеник вместе с директором Центра безопасности фармацевтической продукции Министерства здравоохранения и Агентством по развитию фармацевтической промышленности запустили программу USAID "Диверсификация цепочки поставок фармацевтической продукции в странах Азии" Далее...





06.09.2024 / 10:25:11
[RE]GENERATION - первый арт-фестиваль креативной молодежи Узбекистана стал для его участников и гостей незабываемым событием
 
05.09.2024 / 11:20:31
Бухарская биеннале стартует в Узбекистане в сентябре 2025 года
 


07.09.2024 / 14:23:11
История узбекского кино: от истоков до современности
 
06.09.2024 / 20:41:52
Состав жюри 16-го Ташкентского кинофестиваля
 


28.08.2024 / 14:34:04
Концерт российских артистов собрал полный зал в Самаркандском русском театре драмы
 
08.08.2024 / 11:09:26
Марлис Юнусханов: к юбилею музыканта
 


19.08.2024 / 11:17:29
Снова в "Акташе": "Все перемены только во благо отдыхающих!" (окончание)
 
18.08.2024 / 12:20:05
Снова в "Акташе": "Все перемены только во благо отдыхающих!"
 

 





Главная Панорама Вернисаж Театр Кинопром Музыка Турбизнес Личная жизнь Литература Мир знаний

© 2011 — 2024 Kultura.uz.
Cвидетельство УзАПИ №0632 от 22 июня 2010 г.
Поддержка сайта: Ташкентский Дом фотографии Академии художеств Узбекистана и компания «Кинопром»
Почта: Letter@kultura.uz
   

О нас   Обратная связь   Каталог ресурсов

Реклама на сайте