Mahoratli sozanda, oʻzbek milliy sozlaridan boʻlmish tanbur, sato ijrochisi Abror Zufarov oʻz jamoasi bigʻan Jimo sayyohlik shaharchasida maxsus konsert dasturi bilan ishtirok etdi.
Ushbu konsert dasturlari "Bir kamar-bir yoʻl" xalqaro hamkorlik loyihasi doirasida tashkil etilgan boʻlib 2 oydan oshiq vatq davomida turli xalqlar musiqiy jamoalari oʻz ijrolari bilan ishtirok etishdi.
Abror Zufarov oʻz jamoasi bilan oʻzbek mumtoz musiqa merosi namunalaridan boʻlmish segoh, navo, duchava, chorgoh, tanovar va boshqa yana bir qancha maqomot musiqa merosi namunalaridan ham ijro etdi.
Safarninig 2-kuni boʻlib oʻtgan mahorat darsida oʻzbek mumtoz musiqasi, milliy cholgʻular haqida malumotlar berilib sozlar imkoniyatlari namoyish etildi.
Safar davomida "OXUS Culture"(Oʻzbekiston) hamda loyiha tashkilotchi "13-oy madaniy muzokara" (Xitoy) tashkilotlari ortasida uzoq muddatli hamkolrik masalalari muhokama qilindi.