We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more. |
|
|
02.04.2018 / 10:21:28
Chastotalar teng ravishda taqsimlandi1 apreldan boshlab O'zbekiston uyali aloqa kompaniyalari yangi chastotalar rejasida ishlamoqda. "Beeline" radiochastotali kanallarining bir qismini "Ucell", "UMS" va "Uzmobile" kompaniyalariga berganini rasmiy ravishda e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, bir yil avval Radiochastotalar bo'yicha respublika kengashining 245-sonli qaroriga binoan eng yirik aloqa operatori "Beeline" 2017 yilning 1 oktyabr kuniga qadar ovozli radio chastotalarining deyarli yarmini spektrni qayta taqsimlash uchun raqobatchilar foydasiga berish taklif qilingan edi. Bir necha raundli muzokaralardan so’ng, radiochastotalar bo’yicha respublika kengashi 2017 yilning 11 sentyabr kuni yangi radiochastota rejasiga o’tish davrini 2018 yil 1 apreliga qadar uzaytirish to'g'risida 280-sonli murosasasiz qarorni qabul qildi, shuningdek bozorning barcha ishtirokchilariga bir vaqtning o’zida texnologik betaraflik taqdim etildi. Mazkur hujjatga binoan endilikda uyali aloqa operatorlari 900 va 1800 MGts chastotalarida nafaqat “ovozli” 2G standartini, balki 3G va 4G texnologiyalarini rivojlantirish huquqiga egadirlar. Oddiy qilib aytganda, mobil aloqa operatorlari mamlakatning eng chekka aholi punktlarini tezkor Internet bilan ta’minlash imkonini beradi.
Voqeani sharhlar ekan, “Beeline”ning bosh direktori Dmitriy Shukov shunday dedi: "Yangi radiochastotali kanallarga o'tish regulyatorning sohani boshqarishdagi moslashuvchan va progressiv yondashuvining ajoyib namunasidir. Aloqa sohasidagi shaxsiy uzoq yillik tajribamga asoslanib, chastotalarni qayta taqsimlash murakkab loyiha bo'lib, uzoq muddatli tayyorgarlikni talab qiladi va barcha darajadagi jarayonda ishtirokchilarning yaqin hamkorligini talab qiladi. Bu, shuningdek, abonentlar uchun ishonch va mas'uliyat masalasidir".
Bundan avval rejalashtirilganidek, mart oyining so'nggi kunida soha yetakchisi 900 va 1800 MHz chastotalaridagi radiochastotasining 47% dan foydalanishdan voz kechdi. Yangi tarmoq uskunalarini sotib olish uchun bundan avval qilingan investitsiyalar tufayli, bu "Beeline" abonentlari uchun sezilarsiz tarzda amalga oshirildi. Yaqin kunlarda boshqa mobil aloqa operatorlari ham "Beeline" ning bo’sh kanallari yordamida yangi radiochastotasi rejasiga o'tishlari kerak.
"Vazirlik va Radiochastotalar bo'yicha respublika kengashi bilan erishilgan muddatlar bo’yicha o’zaro kelishuvlar tufayli biz ushbu tadbirni deyarli 10 million abonentlar uchun sezilarsiz ravishda amalga oshirisha oldik. 900/1800 MHz diapazonida texnologik neytralitetning (betaraflik) taqdim etilishi esa - telekommunikatsiyalarning rivojlanishidagi haqiqiy yutuqdir. Ishonchim komilki, kelgusi oylarda LTEni kengaytirish va ma'lumotlar uzatish xizmatlarini rivojlantirish uchun biz undan to'la-to'kis foydalana olamiz. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, bunday murakkab loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish yangi darajaga biznesni regulyator bilan konstruktiv munosabatiga olib keldi va soha tomonidan erishilgan kelishuv operatorlar bilan vazirlik o'rtasidagi muloqot nafaqat mumkin, balki barcha tomonlar uchun foydali ekanini isbotlaydi. Radiochastota masalasida g'alaba qozonish maqomi vazirlikning xizmatidir va yakuniy tahlilda iste'molchi g'olib bo'ldi”, - dedi Dmitriy Shukov.
|
|