We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more.

Ru   En

Search this site
Home page
Panorama
Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge
22.09.2016 / 10:14:32

"Eurasia Mobile Challenge" tanloviga ishtirokchilarni ro'yhatdan o'tkazish 15 oktyabr kuniga qadar davom etadi


“Beeline” “Eurasia Mobile Challenge” halqaro innovatsiyalar tanloviga arizalarni topshirish davom etmoqdaligi haqida xabar beradi. 15 oktyabr kuniga qadar O‘zbekistonda mobil ilova joriy qilgan har bir mutaxassis http://www.eurasiamobilechallenge.com/?lang=ru saytida ro‘yhatdan o‘tishi va hududiy birinchilikga uch yo‘llanmadan birin qo‘lga kiritishi mumkin.

“O‘tgan yili O‘zbekiston EMC doirasida juda muvaffaqiyatli chiqish qildi: “Stolik” guruhi Yevraosiyo bosqichining sovrindorlariga aylanib, nafaqat $10 000 mukofotni qo‘lga kiritdi, balki Barselonadagi “Global Mobile Challenge”ga yo‘llanma oldi, – deydi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov. – Bundan tashqari: bugungi kunda guruh loyihasi muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, bu esa loyiha mualliflari tanlagan biznes-modelning mustahkamligini ko‘rsatadi. Ishonaman, bu yutuq butun respublika bo‘ylab boshqa startaper va ishlab chiqaruvchilarni EMC tanlovida yanada faol ishtirok etishlari uchun ilhomlantirdi: mobil ilovalar — halqaro darajaga tez chiqish uchun ko‘p bo‘lmagan sohalardan biridir.   Albatta, kerakli ashyoviy, texnologik va ekspertlik qo‘llab-quvvatlash yordamida, aynan shu resurslarni esa “Eurasia Mobile Challenge” taqdim etadi». 

Eslatib o‘tamiz, ikki yildan beri “Eurasia Mobile Challenge”  VimpelCom Ltd. Guruhining “Make Your Mark” (“O‘z izingni qoldir”) ijtimoiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, yoshlarga ularning texnik bilimlariga qaramay, kelajakni barpo etish, umuman mamlakatda, shuningdek hududiy darajada iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga imkoniyatlarni yaratib beradi.

 

Musobaqada O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ukraina mamlakatlaridan tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin. Hududiy bosqichlar chog‘ida har bir ishtirokchi seminarlar,  master-klasslar va pitch-sessiyalarda o‘z konsepsiyasini g‘oyalarini tayyor mobil yechimga aylantirishda ko‘mak bera oladigan mahalliy va halqaro ekspertlar va mentorlar bilan birgalikda test sinovidan o‘tkazish, kam-ko‘stini to‘ldirishlari mumkin. Loyihalar IT-sohasidagi ekspertlar tomonidan quyidagi mezonlar bo‘yicha baho beriladi: innovatsiyalar darajasi, mahalliy uyushma uchun dolzarbligi, keng ko‘lamligi va noyobligi.

 

Har bir ishtirokchi-mamlakatda chempionatning mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tadi, uning doirasida ishtirokchilar o‘z mamlakatlaridagi raqiblari bilan bellashadilar. 24 guruh (har bir mamlakatdan 3 guruh) hududiy bosqichning finaliga yo‘l oladilar.  Hududiy finalning 3 g‘olibi pullik sovringa ega bo‘ladilar va 2017 yilda Barselonada Halqaro Mobil kongressida bo‘lib o‘tadigan global finalda kurashni davom ettiradilar.





Other materials for the

21.09.2016 / 17:04:40

"Beeline" increases the amount of "Trustee payment"

The largest communication operator "Beeline" reported an increase in the amount of "Trustee payment." From September 20 to October 3 subscribers will be able to incur a debt to $10. More...

21.09.2016 / 10:07:13

"Beeline Uzbekistan" yangilangan ilovasida abonentlar uchun yanada koproq imkoniyatlar

2016 yil 21 sentabr, Toshkent. Eng yirik aloqa operatori "Beeline" yangilangan "Beeline Uzbekistan" mobil ilovasida qator muhim, qiziqarli va foydali funksiyalar paydo bo'lgani haqida xabar beradi. More...

20.09.2016 / 16:24:34

"Beeline" "ICTExpo 2016"da mehmonlarni kutmoqda

Eng yirik aloqa operatori 21 sentabrdan 23 sentabrga qadar Ko'rgazma Savdo Markazida bo'lib o'tadigan "ICTExpo 2016" An'anaviy milliy axborot texnologiyalari ko'rgazmasidagi "Beeline" stendiga taklif etadi. Mo'ljal: "Beruniy" metro bekati. More...

20.09.2016 / 11:46:51

"Beeline" abonentlari o'zlarining SIM-kartalarini USIM 4G kartasiga bepul almashtirishlari mumkin

"Beeline" kompaniyaning shaxsiy ofislarida abonentlarning SIM-kartalarini LTE texnologiyasida ishlovchi zamonaviy USIM kartalariga bepul almashtirish imkoni haqida e'lon qiladi. More...

20.09.2016 / 10:52:25

"Beeline O'zbekiston"ning Twitterdagi sahifasiga 50 000dan ortiq kishi obuna bo'ldi

"Beeline" "Beeline O'zbekiston"ning rasmiy Twitter sahifasiga 50 000-foydalanuvchi obuna bo'lgani haqida xabar beradi. More...





06.01.2020 / 17:01:48
Объявлены лауреаты "Золотого глобуса"
  /
 


22.06.2015 / 00:19:23
Гостевой дом в Бухаре
  /
 


26.06.2019 / 17:12:04
Крупнейшее российское издательство "Эксмо" представляет книгу писателя из Узбекистана "Шпага д'Артаньяна, или Год спустя".
 
01.04.2014 / 13:58:28
В Национальной библиотеке состоялся литературный вечер к 85-летию Озода Шарафиддинова
 

 





Home page Panorama Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge

© 2011 — 2024 Kultura.uz.
UzAPI Certificate number 0632 of June 22, 2010
maintained by: Tashkent House of Photography Academy of Arts of Uzbekistan and «Kinoprom»
Mail: Letter@kultura.uz
   

About us   Feedback   Directory of resources

Advertising