We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more.

Ru   En

Search this site
Home page
Panorama
Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge
28.10.2016 / 09:24:50

MobiCon 2016 —mobayl sohadagi halqaro konferensiya


International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2-noyabr kuni mobil sohadagi — MobiCon//2016 halqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir raqamli texnologiyalar sohasining barcha ko‘zga ko‘ringan vakillarini bir maydonda yig‘adi. Konferensiya qatnashchilari va ma’ruzachilari orasida — Beeline, Yandex, «Odnoklassniki», LG Electronics, Ucell, UZINFOCOM markazi mutahassislari va boshqalar bor.

 

Konferensiya dasturi rang-barangdir va unda internet, media va telekommunikatsiyani rivojlantirish mavzulari uch zalda paralel tarzda muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.

 

Bir necha qiziqarli yo‘nalishlarni qayd etib o‘tish kerak:

 

Internet. «VimpelCom Ltd»ning korporativ aloqalar bo‘yicha direktori Endryu Chaxoyaning ma’ruzasi «5G qanday qilib dunyoni o‘zgartiradi».

 

Startaplar. 2017-yilda qanday qilib startap yaratish mumkin: Kremniy Vodiysi tendensiyasi va dunyo trendlari. Ma’ruzachi Maks Gurvits (Cross Border Angels).

 

Qo‘shimcha reallik, biznes uchun yangi marketing mahsuloti sifatida. Ma’ruzachi: Dilshod Muzaffarov (Ledokol Group).

 

Elektron tijorat. Mobil tijoratning O‘zbekistondani istiqbollari, mobil to‘lovlar uchun virtual terminallarni va MPOS tizimlarni rivojlantirish. Ma’ruzachilar: Ulug‘bek Rustamov (CLICK), Bekzod Botirov (UPAY).

 

Mobil sohasida monetizatsiya manbalar. Ma’ruzachilar: Aziz Raximov, Nikita Fominov (Yandex).

 

Mobil o‘yinlar — g‘oyadan sotuvga qadar. Ma’ruzachilar: Maksim Shikov (PizzaGame) va Akmal Salixov (Koozmeech).

 

Kontentni targ‘ib qilish. Damir Xalilov (Green PR) YouTube, Periscope, Facebook Live orqali video kontentni targ‘ib qilish haqida gapirib beradi, mobil ilovalarni targ‘ib qilish usullari bilan Sergey An (Pashigrev Marketing) va Sergey Shevchenko (Webnow) o‘rtoqlashadilar. Mobil va desktop targ‘iboti farqlari haqida Alekseĭ Kupreyev va Sergey Serdyukovlar (UFOX) so‘zlab beradilar.

 

Anjumanda O‘zbekiston, Bolgariya, Rossiya, Qozog‘iston, Niderlandiya va Belarus Respublikasidan jami 20 dan ortiq ma’ruzachilari qatnashishlari kutilmoqda. Tadbirning to‘liq dasturi bilan mobicon.uz veb-saytida tanishishingiz mumkin.

 

Eurasia Mobile Challenge tanlovi qatnashchilari uchun mashq kuni (Acceleration Day) uyushtirilishi konferensiyaning muhim voqealaridan biriga aylanadi. Kun davomida tanlov qatnashchilari o‘z loyihalarini namoyish etishlari, mentorlar bilan suhbatlashishlari va mutahassislar maslahatini olishlari mumkin bo‘ladi.

 

MobiCon konferensiyasi tashkilotchisi «Ledokol Group» kompaniyasi. Tadbir bosh homiysi — Beeline. CLICK, IMG va «Odnoklassniki» anjumanning homiylari sifatida qatnashmoqdalar. Bosh axborot hamkori — Mail.ru Group. Strategik hamkor — UZINFOCOM markazi.

 

Konferensiyada qatnashish mutahassislar (telekommunikatsiya, ilovalar yaratish, dasturlash, raqamli marketing, reklama va PR), unga aloqador soha vakillari, raqamli xizmatlar buyurtmachilari, ushbu sohalar mutahassisligida tahsil oluvchi talabalar va OAV vakillari uchun foydali bo‘ladi.

 

Ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi, qatnashish esa bepul.

 





Other materials for the

26.10.2016 / 15:19:16

"Beeline Uzbekistan" mobil ilovasi orqali abonentlar o'z paketlari va xizmatlarini mustaqil ravishda boshqara oladilar

Eng yirik aloqa operatori "Beeline" yangilangan "Beeline Uzbekistan" mobil ilovasining yangi imkoniyatlari haqida xabar beradi. Endi internet-paketlar, tarif rejalari va xizmatlarni yoqtirish uchun USSD-kodlarni eslab qolishning hojati yo'q. Barchasini bir tugmani bosishda bajarish mumkin. More...

26.10.2016 / 09:24:56

Beeline expanded its network in Khorezm

The largest communications operator Beeline announced about expansion of coverage and capacity of 3G networks in the West regional branch. Following the results of the next stage of modernization of the network signal quality has been improved in the Khorezm region. More...

25.10.2016 / 15:25:47

"Beeline" Namanganda ikkita yangi salon ochdi

"Beeline" ikkita yangi eksklyuziv salonning ishga tushgani haqida xabar beradi. Ofislar Kosansoy (Abduraxmon Jomiy ko'chasi, mo'ljal — dehqon bozori) va Chust tumanlarida (Sufizoda ko'chasi, mo'ljal univermag) manzillari bo'yicha joylashgan. More...

25.10.2016 / 10:01:51

"Eletto" mebel fabrikasi "Beeline Club" kartalari egalariga chegirmalar taqdim etadi

Beeline "Gold" va "Platinum" imtiyoz kartalari egalari "Beeline Club" hamkori – "Eletto" mebel fabrikasidan 10% chegirmadan foydalana olishlari haqida ma'lum qiladi. More...

25.10.2016 / 09:24:26

"Beeline" ofislarining barcha manzillari va navigatsiya — bir ilovada

"Beeline" yangilangan "Beeline Uzbekistan" mobil ilovasining yangi imkoniyatlari haqida xabar beradi. Endi "Beeline" ofislarini qidirishning hojati yo'q, ilova abonentlarga kerakli va eng yaqin oradagi ofisga yo'l ko'rsatadi. More...





06.01.2020 / 17:01:48
Îáúÿâëåíû ëàóðåàòû "Çîëîòîãî ãëîáóñà"
  /
 


22.06.2015 / 00:19:23
Ãîñòåâîé äîì â Áóõàðå
  /
 

 





Home page Panorama Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge

© 2011 — 2024 Kultura.uz.
UzAPI Certificate number 0632 of June 22, 2010
maintained by: Tashkent House of Photography Academy of Arts of Uzbekistan and «Kinoprom»
Mail: Letter@kultura.uz
   

About us   Feedback   Directory of resources

Advertising