We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more. |
|
|
23.01.2017 / 10:18:40
"Beeline" O'zbekistonning arxitektura yodgorliklari bo'yicha virtual yo'lnoma AppStore'da paydo bo'ldiEng yirik aloqa operatori “Beeline” “AppStore”da “Beeline Guide” mobil ilovasi ishga tushirilgani haqida xabar beradi. “Beeline Guide” O‘zbekistonning asosiy yodgorliklarining noyob 3D-panoramalari kolleksiyasini virtual haqiqiylik tizimida tomosha qilish imkonini beradi.
Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning jamoatchilik bilan aloqalar xizmati rahbari Oraz Abdurazakov shunday dedi: “O‘zbekistonning turistik imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan katta ahamiyat, yurtimizning qadimiy me’morliklari durdonalari taqdimotining sifatini yanada ko‘taradi. Bizning ilovamiz – bu respublikamiz aholisi uchun, shuningdek mamlakatimizga tashrif buyurishni istaganlar uchun sovg‘adir. “Beeline Guide”ning ajoyib panaramalari, ko‘p tildagi audiogid va VR texnologiyasi dunyoga mashhur bo‘lgan arxitektura yodgorliklarini boshqacha nazar bilan ko‘rishga yordam beradi”.
Eslatib o‘tamiz, ilova “Play Market”da 2016 yilning dekabr oyida ishga tushirilgan edi. Sharq durdonasining asosiy yodgorliklarining noyob 3D-panoramalari Temuriylar renessansi davridan qadimiy Osiyo shaharlarining madaniy yorishish davriga foydalanuvchilarni o‘tkazib qo‘yadi. Xivaning ulug‘vor minoralarini, Samarqandning ulkan madrasalarini, Buxoroning qadimiy masjidlarini va Toshkentning zamonaviy ko‘rinishlarini “Beeline Guide” ilovasi yordamida yangicha tamosha qilish mumkin.
“Beeline Guide” mobil ilovasini “Android” OT foydalanuvchilari quyidagi havola orqali yuklab olishlari mumkin: https://itunes.apple.com/us/app/beeline-guide/id1172258011?mt=8
“Beeline Guide” mobil ilovasini “Android” OT foydalanuvchilari quyidagi havola orqali yuklab olishlari mumkin: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.qr360
Tafsilotlar http://guide.beeline.uz/ru/ saytida.
|
|