“Beeline” “Hayot uchun 4G” dasturining ishga tushirilishi haqida e’lon qiladi. Endi mutlaqo bepul 4G kompaniyaning har bir tarifida mavjud.
Voqeani sharhlar ekan “Unitel” MChJ tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: “Bizning falsafamiz oddiy: “Hayot uchun 4G”. Bu degani “Beeline” abonentlari uchun 4G premium-xizmat bo‘lishdan chiqib, har kunlik Internetga aylanmoqda. Va bu shunchaki so‘zlar emas: dastur doirasida barcha mavjud bo‘lgan tarif rejalariga misli ko‘rilmagan bonuslar qatori joriy qilingan”.
Albatta, shunday ommaviy loyihani infrastrukturaga yo‘llangan yirik sarmoyalarsiz amalga oshirishning iloji yo‘q edi. Avval xabar berilganidek, 2016 yilda O‘zbekistondagi “Beeline”ning kapital harajatlari 533 milliard so‘mni tashkil etgan, va shu mablag‘ning deyarli asosiy qismi aynan LTE tarmog‘ini Toshkent shahrida kengaytirishga sarflangan.
“Yangibazastansiyalariningqurilishitransporttarmog‘inimodernizatsiyaqilinishisiz, shuningdektashqiinternet-kanaliningsezilarlidarajadakengaytirilishisizko‘pnatijabermaydi, – deydi “Unitel”ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev. – Bugungikunda bizijaragaolayotganxalqatokanal 8 Gbit/stashkiletadi, vaburespublikaaloqaoperatorlaritarafidanchopetilganengkattako‘rsatgich. JoriyyilningyakunigaqadarO‘zbekistonhududlarida 4Gtarmog‘inikengaytirishdoirasidamazkurko‘rsatgichyanadayuqorigaoshadi”.
“Beeline”ning texnik bo‘limi respublikaning 20ta shahrida 4G tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan: yilning so‘ngiga qadar yuqori tezlikdagi Internetning barcha imkoniyatlaridan Angren, Andijon, Bekobod, Buxoro, G‘ijduvon, Guliston, Jizzax, Zarafshon, Qarshi, Qo‘qon, Marg‘ilon, Navoiy, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Farg‘ona, Xiva va Chirchiq shaharlari aholisi foydalanishlari mumkin.