We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more. |
|
|
23.06.2017 / 14:00:46
"Beeline" kompaniyadagi bo'sh ish o'rinlariga nomzodlarni izlash uchun "HR Bot"ni ishga tushirdi“Beeline” auditoriya bilan distansion ravishda muloqot qilish imkoniyatlarini kengaytirmoqda va “Telegram” messenjerida rasmiy chat-bot ishga ishga tushirilgani haqida xabar beradi.
“Beeline HR” bot-assistenti foydalanuvchilarning so‘rovlariga avtomatik tarzda javob beradi va nomzodlarga kerakli vakansiyalarni topishlariga yordam beradi.
“Biz yangi interaktiv instrumentlarni dadillik bilan sinovdan o‘tkazamiz, zamonaviy muloqot kanallaridan foydalanishda ko‘pincha yetakchilik qilamiz. Smartfonlarda ilovalarga, messenjerlarda chat-botlarga bo‘gan yuqori qiziqishni kuzatmoqdamiz va qayta aloqa uchun qulay sharoitlar yaratishga intilamiz”, — belgilab o‘tdi “Unitel”ning jamoa bilan ishlash va tashkiliy rivojlantirish direktori Sofiya Gaynutdinova.
“Beeline” boti bilan muloqot qilish uchun ish qidiruvchi “App Store” yoki “Google Play” do‘konlaridan birida “Telegram” ilovasini yuklab olishi va ro‘yhatdan o‘tishi lozim. Keyin qidiruv satrida @BeelineHRbot deb yozish lozim. “Beeline HR” telegram-botidan foydalanish bepul, foydalanuvchi faqat internet-trafik uchun to‘laydi.
|
|