Мы освещаем новости культуры Узбекистана: театр, кино, музыка, история, литература, просвещение и многое другое. |
|
|
29.04.2018 / 18:50:48
Mo'jizaviy san'atning tug'ilgan kuniBizga ma’lumki Xalqaro tashkilotlar ayrim kunlarni xalqaro kasb kunlari qilib e’lon qilganlar va bu kunlarni dunyo xalqlari o’z kasbi kunlari qilib nishonlaydilar. Jumladan: 27 – mart Xalqaro teatr kuni 29 – aprel Xalqaro raqs kuni va boshqalar. Raqs – bu insonning ichgi kechinmalarini uning dardini his tuyg’ularini so’zsiz hatti harakatda aks ettirishdir. Raqs kunining kelib chiqish tarixi quyidagicha bo’lgan. 1982 – yil Yuneskoning qarori bilan balet san’atiga ulkan hissa qo’shgan taniqli Fransuz baletmestri Jan Jorj Noverning tavallud kuniga bag’ishlab 29 - aprel xalqaro raqs kuni deb e’lon qilindi. Tashkilot rahbarlarining bu bayramni o’tkazishdan asosiy maqsadlari san’atning bir turi bo’lgan raqsning barcha yo’nalishlarini hamda tinchlik va do’stlik yo’lida xalqarni birlashtirishga qaratilgan. Ana shunday bayramlardan biri poytaxtimizda joylashgan Toshken Davlat Milliy Raqs Xoreografiya Oliy maktabida bo’lib o’tdi. Tadbir boshida oliy makatbning rektori Sh.M. To’xtasimov so’zga chiqib oliy maktabning shu yilda raqs san’ati bo’yicha erishgan yutuqlari haqida ma’lumot berib, o’z so’zining yakunida maktab jamoasini bayram bilan tabrikladilar. Shundan so’ng navbat jozibador va go’zal raqslarga berildi. Ushbu raqslarni Qoroqolpog’istonda o’tkazilgan VI xalqaro “Orleu” ko’rik tanlovining g’olib va sovrindor talabalari va o’quvchilari Hayitmatova Karina, Haydarov Diyorbek, Arslanbayeva Muqaddas, Saparov Berdax hamda “Buxoro jilolari” respublika ko’rik tanlovining g’olibi oliy maktabning yosh va izlanuvchan o’qituvchisi Jalilova Shirinlar tomonidan milliy, klassik va zamonaviy tarzda ijro etilgan raqslar tadbir davomida tomoshabinlarga yuqori kayfiyat bag’ishladi. Tadbir so’ngida so’z O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Qoroqolpoqiston xalq artisti hamda oliy maktabning ba’diy rahbari Q.S. Sagatov so’zga chiqib bayram bilan hamkasblarini muborakbod etib ularning kelajakdagi raqs sohasini rivojlantirish yo’lidagi ijodiy ishlariga muvoffaqiyatlar tiladi. Shunday qilib Toshkent Davlat Milliy Raqs va Xoreografiya Oliy Maktabida xalqaro raqs kuni ajoyib ta’ssurotlarga boy tarzda yakunlandi. Xullas hayot yo’llarini raqs san’ati bilan bog’lagan insonlar bu kunni o’zlarining eng baxtiyor va esda qolarli darajada nishonlaydilar.
TDMRXOM 3 – kurs San’atshunoslik yo’nalishi talabasi Farrux Ibragimov
|
|