Мы освещаем новости культуры Узбекистана: театр, кино, музыка, история, литература, просвещение и многое другое.

Ru   En

Поиск по сайту
Главная
Панорама
Вернисаж Театр Кинопром Музыка Турбизнес Личная жизнь Литература Мир знаний
29.06.2020 / 15:24:10

O'zbek baleti yulduzi


Bugun sizlarga omadli tasodif bilan xoreografiya bilim yurtiga kelib qolgan yosh, iqtidorli umidli balet raqqosi Turg'unov Doston To'rabek o'g'li haqida hikoya qilmoqchiman. Bugungi kunda Doston Turg'unov O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining  "Kasbiy ta'lim yo'nalishi" 3 kurs talabasi bo'lish bilan bir qatorda Alisher Navoiy nomidagi davlat katta akademik opera va balet teatrining ko'zga ko'ringan yosh, umidli balet artistlaridan biri hisoblanadi. Uning go'zal, betakror, shu bilan birga kuchli jismoniy mehnatni talab etuvchi balet san'atida erishgan yutuqlari beqiyos.

Doston Turg'unov 1997 yil 25 dekabrda Sirdaryo viloyatida tavallud topgan. Otasi Imamov To'rabek Turg'unovich musiqachi mutaxassisligi klarnet ijrochisi bo'lishiga qaramay ko'pgina cholg'u asboblarni mohirona chala olgan. Onasi Jonqobilova Norinisa Kubayevna uy bekasi bo'lib o'g'lining san'atga bo'lgan qiziqishlarini hamisha qo'llab quvvatlagan. Qahramonimiz bolaligidan san'atning qaynoq quchog'i ostida katta bo'lgan.  Ikkinchi  sinfdan boshlab doira chalish sirlarini otasidan o'rgana boshlagan. Keyinchalik ota-bola Toshkentga doira chalishni professional darajada o'rganish maqsadida yo'l olishgan. Doston o'z xotiralarida "Men xoreografiya bilim yurtiga aslida doira chalishni o'rganaman deb kelganman aniq eslolmayman bizga kim xoreografiyada doira chalish sirlari o'rgatiladi deb aytganini. Bu voqea 2009 yil 28 avgust sanasida bo'lib o'tgan. Ilk bora xoreografiya eshiklarini taqillatganimizda bilim yurtida qabul imtihonlarining so'nggi kunlari bo'lib o'tayotgan ekan. Otam va mening qotmadan kelgan, bo'ydor, bo'y-bastimizga qarab meni qo'limdan indamay imtihonga yetaklab olib kirib ketishgan. U yerda menga berilgan barcha gimnastik vazifalarni bajardim va sinovdan a'lo baholar bilan o'tib ketdim".

Imtihonlar o'z poyoniga yetib o'quv yili boshlanadi Doston esa doira darsini intiqlik bilan kuta boshlaydi Keyinchalik ushbu dargohda maftunkor raqs sehridan ta'lim berilishini tushunib yetadi. Raqs sehri uni o'ziga butkul rom etadi va u bor kuchi bilan raqs sirlarini o'rganishga kirishadi. Sinfdoshlari uning tirishqoqligi murakkab harakatlarni jozibador va bexato bajara olishiga havas bilan qaray boshlashadi. Doston tez orada murabbiylarning e'tiboriga tushib ularning mehrini qozonadi. Klassik raqs sinfining faol a'lochi o'quvchilari qatoridan joy oladi. Ilk bora "Yosh ijrochilar" Respublika ko'rik tanlovida ishtirok etib 3 ta saralash bosqichida

1-bosqichda "Dashnobod",

2-bosqichda "Gappak"

3-bosqichda "Burjua"

raqslari bilan ishtirok etib faxrli "1o'rin" sohibi bo'ldi. Bu natija esa unga 2017 yil Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga imtiyoz asosida o'qishni davom ettirish huquqini berdi. Bugungi kunda TDMRXOM O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi maqomini olgan.

Doston Turg'unov 2017 yil 5 iyunda "Modern", "Neo Klassik" ko'rik tanlovlarida faxrli 1- o'rin sohibi. 2019 yil Rossiyaning  Sankt - Peterburg shahrida o'tkazilgan xalqaro "Balet beutifull art" ko'rik tanlovida 400 dan ortiq turli-xil davlat balet raqqoslari orasida faxrli 2 - o'rin "Kumush" medali sohibi. Ko'rik tanlov dasturida "Korsar" va "Jizel" balet spektaklaridan "Rava" , "Albert" balet variatsiyalarini ijro etgan.

2020 yil Germaniyaning Berlin shahrida o'tkazilgan "Tanz olimp" xalqaro balet raqqoslari festivalida 2 bosqichda "Korsar" hamda "Esmeralda" balet spektaklaridan "Rab", "Akteon" variatsiyalari bilan faol ishtirok etib faxrli 3 o'rin "Bronza" medali sohibi bo'ldi.

Bugungi kunda Doston Turg'unov Alisher Navoiy nomidagi davlat katta akademik opera va balet teatrining bosh baletmeyster pedagog Andriovich Maris Liepadan balet san'ati sirlarini o'rganib kelmoqda. O'zbek balet san'atining yosh umidli raqqoslaridan biri deb e'tirof etib kelinayotgan qahramonimizga yuksak ijodiy parvozlar, kelajakdagi rejalarida omadlar tilab qolamiz. Zero bugungi kunda o'zbek balet san'ati mana shunday istedodli ijodkorlarga muhtoj.

O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
“San'atshunoslik” ta'lim
yo'nalishi talabasi Risolat AXMEDOVA

 





Другие материалы рубрики

27.06.2020 / 19:25:34

Президент Узбекистана отмечает большую востребованность ООН в новых реалиях

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев отмечает большую востребованность Организации Объединенных Наций, особенно в настоящее время, когда мировому сообществу предстоит активизировать все свои силы и возможности, чтобы адаптироваться к новым реалиям Далее...

27.06.2020 / 12:44:39

С площади Регистан дан старт 65-му заседанию Европейской региональной комиссии UNWTO

В Самарканде началось 65-е заседание Европейской региональной комиссии Всемирной туристской организации ООН (UNWTO). Мероприятие открыл заместитель Премьер-министра, председатель Государственного комитета по развитию туризма Азиз Абдухакимов Далее...

27.06.2020 / 12:39:14

27 июня в Узбекистане отмечается День работников печати и средств массовой информации

Ежегодно 27 июня в Узбекистане отмечается День работников печати и средств массовой информации. Специфика СМИ такова, что им нужно новостное событие, сенсация, качественный материал, фактаж! И желательно всё это как минимум на двух языках – узбекском и русском, а некоторые СМИ еще и на английском не прочь заполучить материал или интервью Далее...

26.06.2020 / 19:45:02

Онлайн-конференция "Активизация роли библиотечной системы и популяризация чтения в условиях пандемии и самоизоляции"

В связи с распространением пандемии COVID-19, во многих странах мира были введены строгие ограничительные меры. В результате, миллионы людей лишились возможности свободно передвигаться и оказались в условиях самоизоляции. В этих условиях вновь возросла роль и значение книг, рукописей, печатных изданий и различных произведений полиграфии Далее...

26.06.2020 / 19:43:03

Визит в карантинную зону

24 июня 2020 года состоялся визит представителей ООН, ОБСЕ, Всемирной организации здравоохранения в Узбекистане, Национального центра Республики Узбекистан по правам человека, а также представителей СМИ и блогеров в карантинную зону в Юкоричирчикском районе Ташкентской области Далее...





21.03.2024 / 15:41:53
В Русском доме в Ташкенте состоялась премьера документального фильма "Мост"
 
14.03.2024 / 09:59:58
А Скорсезе забыли… "Оскар"-2024: новые правила, скандалы и один из самых сильных списков претендентов в истории главной кинопремии
 


28.03.2024 / 14:34:38
Большой успех учеников республиканской музыкальной школы им. Успенского на Международном конкурсе юных исполнителей в Бишкеке
 
28.03.2024 / 09:56:10
Профессор Виталий Львович Мелкомини. Рыцарь служения музе искусств
 


25.03.2024 / 22:05:37
С 6 апреля 2024 года авиакомпания Uzbekistan Airways увеличивает количество регулярных рейсов по маршруту Ташкент-Минск-Ташкент.
 
20.03.2024 / 11:31:24
По инициативе Узбекистана 2027 год будет объявлен Международным годом устойчивого и жизнестойкого туризма
 


26.03.2024 / 07:08:33
Какое правильное стихотворение Андрея Дементьева "Не обижайтесь на детей"
 
18.03.2024 / 12:25:35
Мир волшебства Елены Макаровой
 

 





Главная Панорама Вернисаж Театр Кинопром Музыка Турбизнес Личная жизнь Литература Мир знаний

© 2011 — 2024 Kultura.uz.
Cвидетельство УзАПИ №0632 от 22 июня 2010 г.
Поддержка сайта: Ташкентский Дом фотографии Академии художеств Узбекистана и компания «Кинопром»
Почта: Letter@kultura.uz
   

О нас   Обратная связь   Каталог ресурсов

Реклама на сайте