We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more.

Ru   En

Search this site
Home page
Panorama
Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge
12.07.2016 / 15:33:03

"Beeline" "Eurasia Mobile Challenge" eng yirik innovatsiyalar tanlovida ishtirok etish uchun arizalarni qabul qilishni boshladi


Eng yirik aloqa operatori “Beeline” “Eurasia Mobile Challenge” halqaro innovatsiyalar tanlovining Yevroosiyo bosqichi boshlangani haqida e’lon qiladi. Loyihaning maqsadi – dunyoni o‘zgartiruvchi eng yangi digital-yechimlarni izlashga yosh mutaxassislarni ilhomlashtirish. “Eurasia Mobile Challenge” VimpelCom Ltd. tashabbusi bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Halqaro kompaniya kommunikatsiyalar va texnologiyalar sohasida ihtisoslashgan bo‘lib, har bir mijoz uchun raqamli dunyo imkoniyatlarini ochish g‘oyasiga ega.  

Ikki yildan beri “Eurasia Mobile Challenge”  VimpelCom Ltd. Guruhining “Make Your Mark” (“O‘z izingni qoldir”) ijtimoiy tashabbusini qo‘llab-quvvatlab, yoshlarga ularning texnik bilimlariga qaramay, kelajakni barpo etish, umuman mamlakatda, shuningdek hududiy darajada iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga imkoniyatlarni yaratib beradi.

Mobil yechimlar bo‘yicha Yevraosiyo chempionati – Barselonada finali bo‘lib o‘tadigan “Global Mobile Challenge” startaperlarning eng yirik jahon tanlovining bosqichlaridan biridir.  Tanlov digital-, mobil, moliyaviy, cloud (bulutli) va M2M yechimlar, big data, shuningdek ijtimoiy muammolarni bartaraf eta oladigan ilovalarning konsepsiyasini yoki tayyor prototipini taqdim eta oladigan texnik va gumanitar mutaxassislikdagi yoshlarga, yosh tadbirkorlar va startaperlarga mo‘ljallangan.

Musobaqada O‘zbekiston, Armaniston, Gruziya, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Ukraina mamlakatlaridan tadbirkorlar ishtirok etishlari mumkin. Hududiy bosqichlar chog‘ida har bir ishtirokchi seminarlar,  master-klasslar va pitch-sessiyalarda o‘z konsepsiyasini g‘oyalarini tayyor mobil yechimga aylantirishda ko‘mak bera oladigan mahalliy va halqaro ekspertlar va mentorlar bilan birgalikda test sinovidan o‘tkazish, kam-ko‘stini to‘ldirishlari mumkin. Loyihalar IT-sohasidagi ekspertlar tomonidan quyidagi mezonlar bo‘yicha baho beriladi: innovatsiyalar darajasi, mahalliy uyushma uchun dolzarbligi, keng ko‘lamligi va noyobligi.

Har bir ishtirokchi-mamlakatda chempionatning mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tadi, uning doirasida ishtirokchilar o‘z mamlakatlaridagi raqiblari bilan bellashadilar. 24 guruh (har bir mamlakatdan 3 guruh) hududiy bosqichning finaliga yo‘l oladilar.  Hududiy finalning 3 g‘olibi pullik sovringa ega bo‘ladilar va 2017 yilda Barselonada Halqaro Mobil kongressida bo‘lib o‘tadigan global finalda kurashni davom ettiradilar.

““VimpelCom” startapdan 200 million mijozlarga ega va dunyoning 10% aholisi uchun mavjud bo‘lgan halqaro telekommunikatsion va texnologik kompaniya darajasiga o‘sdi. Bizning bu tajribamiz – bizning ilhomimiz. Haqiqiy digital-o‘yinchiga transformatsiya qilish  jarayonida, biz mijozlarimizga yanada yaqin qiladigan yangi ilovalar va dasturiy yechimlarni qidiramiz. “Beeline” “VimpelCom”ning ushbu yo‘nalishdagi “Make Your Mark” loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi, va biz “Eurasia Mobile Challenge” ishtirokchilaridan yangi biznes-g‘oyalarni intizorlik bilan kutib qolamiz”, – belgilab o‘tdi “Unitel” MChJ bosh direktori Dmitriy Shukov.

Bugungi kunda biz O‘zbekistondagi jamiyatning ehtiyojlarini qondira olishga qatarilgan kelajakning ultrazamonaviy ilova va yechimlarini izlash jarayonidamiz. Ro‘yhatdan o‘tish uchun www.eurasiamobilechallenge.com saytiga tashrif buyuring va mobil aloqa sohasidagi innovatsion loyiha ustida ishlashni boshlang.

 

 





Other materials for the

11.07.2016 / 17:23:35

EUROmaniya-2016 tanlovining sovrinlari o'z sohiblarini topdilar

Eng yirik aloqa operatori "Beeline" Facebook ijtimoiy tarmog'ida futbol bo'yicha Yevropa Chempionati mobaynida bo'lib o'tgan "EUROmaniya-2016" tanlovining yakunlarini sarhisob qilmoqda. More...

08.07.2016 / 15:36:51

"Beeline"ning qaysi raqamlari Sizning nomingizga ro'yhatga olingani haqida qanday bilish mumkin?

Eng yirik aloqa operatori "Beeline" yangi xizmat haqida xabar beradi. Xizmat yordamida abonentlar ularning nomlarida bo'gan barcha raqamlar haqida SMS orqali mutlaqo bepul bilib olishlari mumkin. More...

08.07.2016 / 10:14:49

"Beeline" poytaxtda tarmoq qoplamini kengaytirmoqda

"Beeline" Toshkentda tarmoq hajmi va qoplam doirasi kengaygani haqida xabar beradi. More...

07.07.2016 / 16:17:33

"Beeline"dan mahsus taklif: "Bilayn Rossiya" bilan bepul muloqot uchun har oy 300 daqiqa

Eng yirik aloqa operatori "Beeline" maxsus mijozlar uchun yangi taklifni taqdim etmoqda. Endi "Status Gold+" va "Status Platinum+" tarif rejalarining har bir abonenti Rossiyadagi "Bilayn" abonentlariga qo'ng'iroq qilish uchun bepul 10 daqiqaga ega bo'ladilar. More...

07.07.2016 / 10:25:12

"Мalika" restorani – "Beeline Club"ning yangi hamkori

Eng yirik aloqa operatori Beeline "Gold" va "Platinum" imtiyoz kartalari egalari "Beeline Club" hamkori – "Malika" restoranidan 10% va 20% mos ravishdagi chegirmalardan foydalana olishlari haqida ma'lum qiladi. More...





24.05.2024 / 15:25:46
То, что мы сделали тогда, для меня настоящая сенсация. Потому решил рассказать историю, о том, почему и как мы создали документальный фильм "Из Ташкента в Нью-Йорк и обратно", который вначале даже не планировался…
 
06.01.2020 / 17:01:48
Объявлены лауреаты "Золотого глобуса"
 


22.06.2015 / 00:19:23
Гостевой дом в Бухаре
  /
 


26.06.2019 / 17:12:04
Крупнейшее российское издательство "Эксмо" представляет книгу писателя из Узбекистана "Шпага д'Артаньяна, или Год спустя".
 
01.04.2014 / 13:58:28
В Национальной библиотеке состоялся литературный вечер к 85-летию Озода Шарафиддинова
 

 





Home page Panorama Vernissage Theater Kinoprom Music Tourist Industry Personal life Literature World of knowledge

© 2011 — 2024 Kultura.uz.
UzAPI Certificate number 0632 of June 22, 2010
maintained by: Tashkent House of Photography Academy of Arts of Uzbekistan and «Kinoprom»
Mail: Letter@kultura.uz
   

About us   Feedback   Directory of resources

Advertising