We cover the news of Uzbek culture: theater, movies, music, history, literature, education, and more. |
|
|
26.09.2016 / 10:30:50
"Beeline" onlayn-to'lovlar uchun "Beepul" yangi mobil ilovasini ishga tushirdi“Beeline” mijozlariga yangi internet-xizmat – onlayn-to‘lovlar uchun “Beepul” yangi mobil ilovasini taqdim etmoqda. Yangi mobil ilova abonentlarga call-markaziga qo‘ng‘iroq qilmasdan, va kompaniya ofislariga tashrif buyurmasdan, istalgan joydan mobil balansi hisobini, shuningdek boshqa aloqa kompaniyalari balansi hisobini to‘ldirish, internet-provayder xizmatlari, kabel TV, shaxar telefoniyasi uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek avtoto‘lov tizimini sozlash imkonini beradi.
Voqeani sharhlar ekan, “Unitel”ning tijorat direktori Maksim Yefremov shunday dedi: ““Beeline”ning digital-transformatsiyasi kompaniya faoliyatining barcha jihatlarini, birinchi navbatda esa — xizmat ko‘rsatishni qamrab olmoqda. Yangi mobil ilova abonentlarning operator bilan munosabatini prinsipial yangi sifatli darajaga ko‘targan va qulaylik bilan ta’minlagan holda noyob mijozlik tajribasini yaratadi”.
Mobil ilovaning asosiy funksional imkoniyatlari:
- ham abonent buyrug‘i, ham avtomatik tarzda abonentning bank kartasidagi mablag‘ orqali telefon balansini to‘dirish; - komissiyasiz hisob to‘ldirish; - hisobni qo‘shimcha harajatlarsiz rouminga ham to‘ldirish; - bir nechta plastik kartalarni ro‘yhatdan o‘tkazish; - mablag‘ni akseptsiz yechib olishni aktivatsiya qilish; - to‘lov natijalari haqida SMS olish.
Ilovaning qulay interfeysi to‘lov uchun xizmatlarni tez tanlashda yordam beradi. Bundan tashqari mobil balansi “Beepul” tizimi orqali $2 va undan ortiq mablag‘ga to‘ldirilganda abonentlar tarmoq ichida 50 daqiqa va 50 SMS, shuningdek 50 Mb bonusga ega bo‘ladilar.
“Beeline”ning kelgusi rejalarida — iOS uchun mobil ilovani joriy etib, “Beepul” to‘lov tizimi rivojlanishini yanada kengaytirish.
Android uchun “Beepul” ilovasini quyidagi havola bo‘yicha yuklab olish mumkin: http://onelink.to/7qcgcp
|
|