Мы освещаем новости культуры Узбекистана: театр, кино, музыка, история, литература, просвещение и многое другое.

Ru   En

Поиск по сайту
Главная Панорама Вернисаж Театр Кинопром
Музыка
Турбизнес Личная жизнь Литература Мир знаний
20.06.2022 / 13:41:40

Musiqaga oshno qalblar


Bugungi kunda yurtimizda musiqa san’atiga davlatimiz tomonidan katta e’tibor berilib, ushbu sohada olib borilayotgan  izlanishlar o’z  samarasini ko’rsatib kelmoqda. Madaniyat sohasini rivojlantirish uchun mamlakatimizda  yaratilayotgan shart – sharoitlar, ayniqsa yoshlarimizda o’z iqtidor va qobilyatlarini rivojlantirish  va namoyon etishga undaydi.

Kuni kecha O’zbekiston davlat konservatoriyasi o’zining 85 yillik to’yini Respublikada keng nishonladi va shu tadbir ostida bir qancha qiziqarli esda qoluvchi madaniy tadbirlar,  ilmiy- amaliy anjumanlar,  bir qator konsertlar bo’lib o’tdi. Xalqimiz va musiqa shinavandalari e’tiboriga chet eldan kelgan mehmonlar va mezbonlarning tayyorlagan ajoyib musiqiy tuhfalari taqdim etildi. Ushbu munosabat bilan muhtasham musiqa dargohida 2022 -yilning 15 – iyun kuni O’zbekiston davlat konservatoriyaning Organ zalida  «XX asr  Klassikasi» deb nomlangan kamer musiqa kechasi bo‘lib o‘tdi.

Maskur konsert bir paytlar konservatoriyada tahsil olgan,  ayni damda esa chet elning nufuzli musiqa dargohlarida ta’lim olayotgan talabalari Isamitdinova Go‘zal (fortepiano) va Levchenko Sofiya (skripka) tomonidan taqdim etildi.

Isamitdinova Go‘zal  - musiqiy ta’limini  Uspenskiy  nomidagi    RIMAL da   so’ng  O’zbekiston davlat konservatoriyasida maxsus fortepiano  bo’limida  olgan.  Sozandalik  mahoratini   chet elning  nufuzli musiqa dargohlaridan  birida, jumladan,  AQSHning  Lin va Marilend unversitetlarida davom ettirdi. Hozirgi kunda u doktoranturada  ta’lim olib,  birga  bir vaqtning o’zida  o’qituvchi -assistenti  sifatida pedagogik  faoliyatini   olib bormoqda.

Levchenko Sofiya O’zbekistonning Navoiy shahrida tavallud topib, dastlab Respublika ixtisoslashtirilgan  san’at  maktab –internatida, so’ng,  Xamza nomidagi musiqa kollejida  va  O’zbekiston davlat konservatoriyasida  skripka bo’yicha  taniqli sozanda Vladimir Yudenich   sinfida ta’lim olgan.  Hozirda u AQSHning New York shahridagi  Stony Brook universiteti dotsenti, shuningdek Emerson kvarteti a’zosidir.

Konsert dasturidan o’rin olgan barcha asarlar  jahon kompozitorlar ijodining sara musiqiy namunalaridir. Ularga XIX-asr ohiri XX-asr boshida yashab ijod qilgan taniqli va yorqin kompozitorlari - Moris Ravel, Aaron Kopland, Lyubosh Fisher hamda Sergey Prokovyevning fortepiano va skripka uchun yaratgan sonatalari tashkil etdi.

 Dastur ikki ijrochi tomonidan mohirona tarzda tuzilgan deyish mumkin, zero, kontsertning  badiiy g‘oyasi  to‘laqonli ochib berildi. Sozandalar Sofiya Levchenko va Guzal Isametdinovalarning  ta'kidlashicha  M. Ravel, A. Kopland, L. Fisher va S. Prokof’evlarning skripka va fortepiano uchun sonatalarini  tanlanisihida  mualliflar tafakkurlari  turfa va xar- xil bo‘lsada, mazkur kompozitorlar asarlarini  ushbu dasturda bog‘lab turuvchi “ko‘prik” o’rnatilgan. Buni  biz  tinglovchilar  konsert davomida  bevosita  tinglashga muvaffaq bo’ldik.

Chindan ham, kechani boshlab beruvchi ilk asar M.Ravelning skripka va forepiano uchun 2-sonatasida amerika musiqasiga xos bo‘lgan – djaz va blyuz unsurlaridan foydalangan.  Uning ortidan yangrovchi amerika kompozitori A.Kopland asarlarida ham amerika folklori  o‘z  aksini topadi. Shu sababli, bu ikki sonata yaratuvchi muhit bir-biriga juda yaqin  turadi.

A.Kopland sonatasining 3-qismi  (allegretto giusto)  kompozitorning  doimiy o‘zgarib turuvchi  va ustma-ust kelgan  turli musiqiy  obrazlar, xarakterlar, kayfiyatlar o’ziga hos  “kollaj”da namoyon bo’ldi. Mazkur qismda muallif kompozitor  meksikancha  kuy ohanglaridan  unumli foydalangan.

10 daqiqa tanaffusdan keyin taqdim etilgan uchinchi asar L.Fisherning skripka va fortepiano uchun “Ruches”  sonatasi bolib, ushbu kechaning   dramatik kulminatsiyasiga  aylandi desak mubolag’a bolmaydi.   Unda mahobatli organ zali sovuq tun zulmatiga cho‘kdi. Ushbu sonata haqida sozandalardan biri Guzal Isametdinova quydagilarni takidlaydi: “Urushdan keyingi yillarda o‘sha vaqtdagi qalblarda bo‘lgan  nohush, qorong‘u ranglarni gavdalantirgan yagona asar...”.   

Yovuzlik ortidan doim yaxshilik, zulmat ustidan yorug‘lik g‘alaba qozonganidek, kontsert ham L.Fisher sonatasiga keskin qarama-qarshi bo‘lgan va  yorqin, hayotbahsh navolari bilan e’tiborni tortgan  Sergey Prokofevning skripka va fortepiano uchun 2-sonatasi bilan dasturga yakun yasadi. Xolbuki asar, muallif kompozitor  aynan urush davrida (1944-yil) yozilgan bo‘lsada, unda   baxtni tarannum etuvchi, xush kayfiyat hukm suradi. Kompozitor urush  davrinig  qo‘rquv, xavotirlardan qochib, hayot go‘zalligini “kuylagan”  kuchiga aylandi.

Kontsertning yana bir o‘ziga xos jihati uning, an'anaviy borish yo‘lidan qochib, norasmiy tarzda, ya'ni boshlovchilarsiz ijrochilarning o‘zlari tomonidan asarlar haqida, dastur tanlash, birga ishlash jarayonlari borasida ma'lumotlar berib o‘tildi. Bu esa kontsert zalida  tinglovchilar orasida  erkinlik va iliq muhit yaralishiga sabab bo‘ldi.

Kontsertda tinglovchilar mayin, qalbga xush yoquvchi hayotbahsh ohanglardan tortib, qorong‘u tun zulmatning  larzaga soluvchi  tuyg’ularni his qildilar. Dasturdan o’rin olgan barcha asarlarni kecha mehmonlari diqqat va e’tibor bilan kutib olindi.  

Konsert oqshomi tomoshabinlarga ma'qul bo‘lganligidan da stur so’nggida ijrochilarni qarsak sadolari ostida sahnadan quyib  yuborishmadi   va  sozandalar  ularni e’tiboriga  S.Raxmaninovning  taniqli “Vokaliz”  asarini hadya   etishdi.  Kontsert ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Sofiya Levchenko va Guzal Isametdinova bugungi kunda O‘zbekiston nomini dunyoga tanitayotgan mahoratli ijrochilar qatoridadirlar, ularga ulkan ijodiy zafarlar tilab qolamiz.

O’tkazilayotgan bunday konsert dasturlari tomoshabinlarga ma’naviy ozuqa, madaniy hordiq berishi bilan birga yoshlarimizning klassik musiqaga bo’lgan muhabbatini oshirishga zamin yaratadi va ularda o’zlariga bo’lgan ishonch hamda izlanuvchanglik hissini yanada oshiradi desak adashmagan bo’lamiz.

 

 O’zDK san’atshunoslik bo’limi 3-kurs talabalari
 N.Murodova,
O’. Umarova




Другие материалы рубрики

18.06.2022 / 14:05:49

Ансамбль Omnibus завершает свой 18-й сезон выступлением в Галерее BONUM FACTUM

Программа АKS, которую вы услышите, создана Ансамблем Omnibus в сотворчестве с Равшаном Тухтамишевым, великолепным и чутким виртуозом Далее...

17.06.2022 / 18:15:53

Таинственная сила музыки

16 июня текущего года, по случаю 21-й годовщины ШОС, в Органном зале Государственной консерватории Узбекистана Центр организовал "Вечер музыки народов ШОС" Далее...

11.06.2022 / 13:29:44

Неразрывная нить традиций и творчества. К 110-летию Мухтара Ашрафи

Истинно яркая личность обладает удивительным свойством воздействия на наши души даже спустя многие годы после завершения своих земных дней. И это воздействие изменчиво, как воздействие вполне живого человека, который при каждой новой встрече в чем-то не таков, каким был во время предыдущих встреч Далее...

07.06.2022 / 13:48:46

Дни культуры Республики Узбекистан в Российской Федерации

8-10 июня в Москве и Санкт-Петербурге будут проходить Дни культуры Республики Узбекистан в Российской Федерации Далее...

31.05.2022 / 15:11:23

В продолжение темы. Программа Международного джазового фестиваля, завершившегося в Ташкенте, как никогда ранее, была разнообразной и интересной. И что думает об этом посол США в Узбекистане

Старт фестивалю был дан на пресс-конференции в Ташкентской консерватории. То, что нам тогда сообщили его организаторы Далее...





28.03.2024 / 16:52:52
В Международном караван-сарае культуры Икуо Хирояма завершилась фотовыставка "Шелковый путь , заполненный светом"
 
27.03.2024 / 12:32:55
Фонд развития культуры и искусства Узбекистана сообщает о создании Национального павильона Узбекистана во Всемирной выставке Expo Osaka 2025
 


26.03.2024 / 12:27:37
Ташкент-Бишкек. Мосты дружбы . Недавние гастроли артистов ГАБТа им. А. Навои в столице Кыргызстана стали событием в культурной жизни дружественной страны
 
24.03.2024 / 12:44:54
В Большом театре Узбекистана им. А. Навои снова был аншлаг. Многочисленную публику накануне очень порадовал вечер итальянской музыки "Три тенора"
 


21.03.2024 / 15:41:53
В Русском доме в Ташкенте состоялась премьера документального фильма "Мост"
 
14.03.2024 / 09:59:58
А Скорсезе забыли… "Оскар"-2024: новые правила, скандалы и один из самых сильных списков претендентов в истории главной кинопремии
 


27.03.2024 / 12:44:53
В Ташкенте состоялась конференция, посвященная памяти выдающегося ученого-востоковеда, просветителя и педагога Александра Шмидта (1871 - 1939г).
 
26.03.2024 / 13:41:36
Внимание, дорогие друзья и коллеги! Новое заседание Клуба "Интеллектуал" состоится в субботу, 30 марта с.г., в нашем зале библиотеки им. А.Навои. Начало, как всегда, в 16 часов. Прошу готовиться. И до скорой встречи!
 

 





Главная Панорама Вернисаж Театр Кинопром Музыка Турбизнес Личная жизнь Литература Мир знаний

© 2011 — 2024 Kultura.uz.
Cвидетельство УзАПИ №0632 от 22 июня 2010 г.
Поддержка сайта: Ташкентский Дом фотографии Академии художеств Узбекистана и компания «Кинопром»
Почта: Letter@kultura.uz
   

О нас   Обратная связь   Каталог ресурсов

Реклама на сайте