Мы освещаем новости культуры Узбекистана: театр, кино, музыка, история, литература, просвещение и многое другое. |
|
|
17.12.2016 / 15:38:19
"PROlogue"ning g'oliblari bilan tanishingAvval xabar berilganidek, “Ertangi kun bizniki, marra bizniki” shiori ostida “Yoshlar haftaligi” doirasida bo'lib o'tayotgan "PROlogue" (muqaddima) – yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlar festivali o'z nihoyasiga yetdi. Festivalga topshirilgan ijodiy ishlar hakamlar hay'ati tomonidan ko‘rib chiqilib, turli nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandi. G‘oliblar g‘oyaning originalligi va dolzarbligi, yuqori badiiy saviya, qiziqarli syujet, kino tilining o‘ziga xos uslubi, novatorlik va izlanish, rejissyorlik va operatorlik topilmalar, aktyorlarning ijrosi kabi mezonlar bo‘yicha aniqlandi. Festivalda ishtirok etgan asarlar jamlanib, maxsus to‘plam shaklida chiqarilishi hamda respublika kinoteatrlarida aholi uchun namoyishlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
"PROlogue" (muqaddima) – yosh kinoijodkorlarning qisqa metrajli filmlari festivalining g'oliblari bilan tanishing. "Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film" uchun bosh sovrin: "Mehmon" filmi. Ssenariy muallifi: Doston Rahmatullayev, O‘ktam G‘ulomov; rejissyor: Abduazim Ilhomjonov; operator: Husan Aliyev, Shokir Nabiyev Eng yaxshi ssenariy: "Mening dunyoim" (Saidpo‘lat Hakimov) Eng yaxshi rejissyorlik ishi: "Cho‘ldagi kemalar" (Olga Xan) Eng yaxshi operatorlik ishi: "Tinchlik sohili" (Jamshid G‘aniyev) Hakamlar hay’atining maxsus sovrini: "Hurriyat qurbonlari" (Sanjar Sultonov, Hasan Aliyev) "Mehr" (Hasan Alijonov) Tomoshabin mehrini qozongan film: "Bizni tushunishmaydi (Shokir Holiqov) Adabiy asarning eng yaxshi kinotalqini: "Adolat" (Aziz Arzikulov) "Yursak deymiz izingizdan, Ustozlar" nomli maxsus nominatsiya: Shuhrat Abbosov.
Musulmonbek Ibrohimov, Rustam Nazarmatov (foto)
|
|