Мы освещаем новости культуры Узбекистана: театр, кино, музыка, история, литература, просвещение и многое другое. |
|
|
30.05.2018 / 19:00:02
Toshkent Fotosuratlar uyida yosh rassom Maftuna Rahimovaning "Maftun" nomli shaxsiy ko'rgazmasi bo'lib o'tdiBahor yasharish va yangilanish ayyomi, ona tabiatning uyg'onish fasli musavvirlar uchun bitmas-tuganmas ilhom, samarali ijod manbaidir. Tabiatning ajib tarovati, go’zalligini aks ettirish qiziqarli, ayni paytda murakkab jarayon. Uni san’at muxlislariga yetkazib berish, tomoshabinning ona tabiatga mehri, ehtiromi, hayrati va havasini tasvir orqali ifodalash rassomga katta mas’uliyat yuklaydi. Yurtimizda iste’dodli yoshlar talaygina. Ularni topib har tomonlama qo’llab-quvvatlab kelayotgan tashkilotlarning borligi ijodkorga o’zgacha kayfiyat, ilhom bag’ishlaydi. Joriy yilning 28-may kuni Toshkent Fotosuratlar uyida yosh, iqtidorli yosh rassom Maftuna Rahimovaning “Maftun” nomli shaxsiy ko’rgazmasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Ko’rgazma O’zbekiston Badiiy Akademiyasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi, Yosh ijodkorlar kengashi hamda Toshkent Fotosuratlar uyi tomonidan tashkil etildi. - Men bu kasbni egallashimga otam sababchilar. Menga har doim ilhom berib, qo’llab-quvvatlab kelganlari uchun ulardan butun umr minnatdorman, deydi yosh mussavira. Maftuna Rahimova turli mavzu va janrlarda ishlaydi. Uning ijodida natyurmort, manzara va mavzuli kompozitsiyalar o’ziga xos talqinini topadi. “Moychechaklar”, “Oq atirgul”, “Uzumli natyurmort”, “Nastarinli natyurmort”, “Kuz ne’matlari” singari natyurmortlarda, “Yozgi dala”, “Kuz tongi”, “Qish” singari manzaralarida, “Buvijonim”, “Balerina”, “Masxaraboz”, “Taqdir” singari mavzuli kartinalarida yosh musavviraning ranglarni, kayfiyat va holatni his qilishi hamda qat’iylik bilan ishlay olish mahorati ko’zga tashlanadi. Ko’rgazma 6-iyunga qadar davom etadi.
“San’atshunoslik” yo’nalishi 2-bosqich talabasi Ismoilova Mohinur
|
|