| Мы освещаем новости культуры Узбекистана: театр, кино, музыка, история, литература, просвещение и многое другое. |
|
|
|
|
12.07.2026 / 12:17:00
Retro Film klubi taklif qiladi! Buyuk tragediyalardan so'ng — buyuk komediya!![]() 17-iyul Romantik «Romeo va Juletta» hamda falsafiy tragediya «Qirol Lir» filmlaridan so‘ng bu safar Shekspirni mutlaqo boshqa qiyofada — hazil-mutoyiba, o‘tkir dialoglar va quvnoq voqealarga boy komediya muallifi sifatida ko‘ramiz. Bosh rollarni Gollivud afsonalari — Elizabet Teylor va Richard Burton ijro etgan. Ularning hayotdagi muhabbati va murakkab munosabatlari butun dunyoga mashhur bo‘lgan. Ular ikki marta turmush qurishgan va aynan shu haqiqiy his-tuyg‘ular film qahramonlariga betakror jo‘shqinlik va tabiiylik baxsh etgan. Franko Dzeffirelli yana bir bor o‘zining buyuk rejissyor ekanini namoyish etdi. U Shekspir komediyasini hashamatli dekoratsiyalar, go‘zal italyan manzaralari, Nino Rotaning nafis musiqasi va yorqin aktyorlik ijrosi bilan haqiqiy kino bayramiga aylantirdi. Film ikki yo‘nalishda “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan, xalqaro miqyosda yuksak e’tirof etilgan va Elizabet Teylor hamda Richard Burtonning eng yorqin ekran duetlaridan biri sifatida kino tarixidan munosib o‘rin olgan. «Qaysar qizning quyilishi» — bu nafaqat kulgili voqealarga boy komediya, balki muhabbat, o‘zaro hurmat, xarakter va insonning o‘zgarish qobiliyati haqida hikoya qiluvchi dono va hayotiy film. Sizni buyuk Shekspir, afsonaviy Franko Dzeffirelli va jahon kinosining eng mashhur aktyorlik duetlaridan biri bilan uchrashuvga taklif etamiz!
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||















